Bu avtomatizatsiya o‘yindagi referal havola orqali kirib kelgan yangi foydalanuvchini kutib oladi. Bu oraliq bosqich bo‘lib, unda yangi o‘yinchi o‘yinda ishtirok eta olishini tekshiradi, shundan so‘ng referer (do‘st) ball oladi va foydalanuvchi to‘liq referalga aylanib, o‘yinga o‘tadi.
Muhimi: bu avtomatizatsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga tushmaydi, balki referal do‘stining yuborgan havolasiga o‘tganida faollashadi, shuning uchun trigger sozlash talab qilinmaydi.
Diqqat: Bu shablon referal tizimi uchun mo‘ljallangan yana ikki shablon bilan bog‘liq holda ishlaydi. Sozlashdan oldin, barcha 3 ta shablonni Instagram akkauntingizga yoki Telegram-bot'ga qo‘shishingiz kerak.
Shundan keyin ularni ehtiyojlaringizga moslab tahrirlashni boshlashingiz mumkin.
“Referal” va “Referal uchun ballar” shablonlari universal bo‘lib, Instagram va Telegram'da katta farq qilmasdan ishlaydi.
Instagram foydalanuvchilari uchun muhim eslatma:
Instagramda bir jihat bor — agar mijoz siz bilan oldin yozishmagan bo‘lsa, u referal havola orqali o‘tganida avtomatizatsiya ishga tushmaydi.
Referal havola ishlashi uchun mijoz havolaga o‘tgach sizga direkt'da bitta xabar yuborishi yoki avval direkt'ga yozib, keyin havolaga o‘tishi kerak.
Agar siz bilan ilgari yozishmalar bo‘lgan bo‘lsa — faqat havolaga o‘tish kifoya.
Ushbu qo‘llanmada biz referal tizimi uchun 3 ta tayyor shablondan ikkinchisini ko‘rib chiqamiz:
Qanday qilib shablonni qo‘shish kerak
Agar siz referal tizimini sozlashni boshlagan bo‘lsangiz, bu shablon allaqachon qo‘shilgan bo‘lishi kerak. Agar bu bosqich o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa — shablonlarni hoziroq qo‘shing:
1. Avtomatizatsiyalar bo‘limini oching
3. [Telegram'dagi o'yin] Referal uchun ballar shablonini tanlang
4. Referal tizimi sozlanayotgan akkauntni tanlang
5. “Shablon qo‘shish” tugmasini bosing
Shundan so‘ng sizda quyidagi shablonlar qo‘shilganligiga ishonch hosil qiling:[Telegramda'gi o'yin] O’yin (yoki referal havola berilgan boshqa avtomatizatsiya) [Telegramda'gi o'yin] Referal uchun ballar
Faqat uchta shablon qo‘shilgandan keyingina referal tizimini sozlashni boshlash mumkin.
Avtomatizatsiyani sozlash bosqichlari:
“Belgilangan teglar” sharti
Avtomatizatsiya “Belgilangan teglar” sharti bilan boshlanadi. Biz ikkita teg mavjudligini tekshiramiz, bu esa ssenariyni qayta ishlash imkoniyatini oldini oladi. Shart parametri “O’z ichiga oladi” bo‘lishi kerak, ya’ni hech bo‘lmaganda bitta teg mavjud bo‘lsa, shart bajariladi:
• Havolani oldi / Telegram o'yin — bu teg “[Telegramda'gi o'yin] O’yin” avtomatizatsiyasida yoki referal havola beriladigan boshqa avtomatizatsiyada qo‘shiladi.
• Ishga tushirdi / Telegram do'st — bu teg referalga biriktiriladi, avtomatizatsiyani qayta ishlashdan himoya qiladi.
Agar foydalanuvchida ushbu teglarning hech bo‘lmaganda biri mavjud bo‘lsa, avtomatizatsiya ishga tushmaydi. Bu o‘yinchi yoki referal qayta havola orqali o‘tishini oldini oladi.
Salomlashuv xabari
Agar teglar sharti bajarilmasa, referalga salomlashuv xabari yuboriladi, masalan:
“Salom, siz do‘stingiz taklifi orqali kelgansiz, kanalga obuna bo‘ling va quyidagi tugmani bosing.”
Bu xabarda Instagram akkaunti yoki Telegram kanalga havola va “Obuna bo‘ldim” tugmasi bo‘ladi.
Shundan so‘ng foydalanuvchiga “Ishga tushirdi / Telegram do'st” tegi biriktiriladi, bu esa boshlang‘ich shartda tekshiriladi.
Obunani tekshirish
“Obuna bo‘ldim” tugmasi bosilgach, obuna tekshiruvi boshlanadi:
• Agar foydalanuvchi kanalga (yoki Instagram akkauntga) obuna bo‘lgan bo‘lsa — ssenariy davom etadi.
• Agar obuna bo‘lmagan bo‘lsa, unga obuna bo‘lish va yana “Obuna bo‘ldim” tugmasini bosish taklif etiladi. Havola ham yuboriladi. Bu tekshiruv 3 marta takrorlanadi, shundan keyin, agar foydalanuvchi qatnashishni istasa, lekin hali obuna bo‘lmagan bo‘lsa, obunasiz o'yinga qo'shilish ruxsat etiladi.
Diqqat: Agar referal tizimi Telegram-bot uchun sozlanayotgan bo‘lsa — har bir obuna tekshiruv shartida o‘zingizning Telegram kanalingizni tanlashingiz kerak. Buning uchun Telegram-bot'ingizni kanal administratorlari ro‘yxatiga qo‘shishingiz kerak.
Muhim: Obuna tekshiruvini cheksiz siklga qo‘yish mumkin — foydalanuvchi shartni bajarmaguncha ssenariyni davom ettira olmaydi.
Diqqat: Barcha uchta shablonda ChatPlace havolalari ishlatilgan — ularni o‘zingizning havolangizga almashtiring.
• Xabarni bosing, havola ko‘rsatilgan bo‘lsa, tahrirlash oynasidagi mos belgini bosing va o‘zingizning havolangizni qo‘ying yoki havolali matnni butunlay o‘chirib tashlang.
Qayta ishtirokni tekshirish
Obuna tekshiruvidan so‘ng “Belgilangan teglar” sharti ishlaydi — bu foydalanuvchi ilgari referal bo‘lganmi-yo‘qmi tekshiriladi.
“Obuna / Telegram do'st” tegi mavjudligi aniqlanadi:
• Agar teg bor bo‘lsa — demak foydalanuvchi allaqachon tekshiruvdan o‘tgan va avtomatizatsiyani qayta o‘ta olmaydi.
• Agar teg yo‘q bo‘lsa — bu referal endigina obuna shartlarini bajarganini bildiradi va uni yangi referal sifatida belgilash mumkin.
Referalni qayd qilish
Agar referal barcha tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, unga “Obuna/ Telegram do'st” tegi qo‘shiladi — bu keyinchalik ballar takroran berilmasligini ta’minlaydi.
Muhim! Agar bu sizning referal tizimidagi birinchi o‘yin bo‘lmasa — ilgari qatnashgan o‘yinchilarning qayta ishtirokini ta’minlash uchun barcha teglarni yangilariga almashtiring.
Referer'ga ball berish
Bu bosqichda “Referer uchun avtomatizatsiyani ishga tushurish” harakati bajariladi. Bu yerda “[Telegram'dagi O'yin] Referal uchun ballar” avtomatizatsiyasi tanlanadi.
Shunday qilib, referer uchun alohida avtomatizatsiya ishga tushadi va u yangi ishtirokchini jalb qilgani uchun ball oladi.
Asosiysi — “Referer uchun ishga tushirish” parametri yoqilgan bo‘lishi kerak.
Referal uchun yakuniy xabar
Referal barcha tekshiruvlardan o‘tgach, unga quyidagi mazmunda xabar yuboriladi:
“Ajoyib, siz shartlarni bajardingiz!”
Bu xabarda o‘yinning shartlari, sovrinlar haqida ma’lumot va o‘yinga qo‘shilishga taklif beriladi.
Referalni o'yinga ko'chirish
So‘nggi bosqich — bu “Avtomatizatsiyani ishga tushirish” harakati, bu yerda “[Telegram'dagi o'yin] O‘yin” avtomatizatsiyasi tanlanadi. Bu referal uchun asosiy o‘yin jarayonini ishga tushiradi, u o‘zining referal havolasini oladi va to‘liq ishtirok etishni boshlaydi.
Shu bilan avtomatizatsiya sozlangan hisoblanadi va “[Telegramda'gi o'yin] Referal uchun ballar'' shablonini sozlashga o‘tish mumkin.
Username mavjudligini tekshirish
Ssenariyni yanada takomillashtirish uchun foydalanuvchining Telegram’dagi username mavjudligini tekshiruvchi qo‘shimcha bloklar qo‘shish mumkin. Chunki barcha foydalanuvchilarda username o‘rnatilmagan bo‘ladi, va username bo‘lmasa, o‘yinda ishtirok etish yoki turnir jadvaliga kirish imkoni bo‘lmaydi.
Buning uchun:
1. “Mijoz ma’lumotlari” shartini yarating
2. “Ismni tekshirish” shartini tanlang
3. Ushbu blokni boshlang‘ich qilib belgilang
4. Xabarli blok yarating va foydalanuvchiga username yo‘qligi haqida ma’lumot beruvchi matn yozing
5. Bu xabarga foydalanuvchi username’ni qayta tekshirishi uchun ko‘p martalik tugma qo‘shing
6. Keyin yana bir bor “Ismni tekshirish” shartini yarating — bu tekshiruvni siklga tushiradi
Tayyor! Endi foydalanuvchi username yo‘qligi haqida oldindan ogohlantiriladi va uni sozlab, o‘yinda ishtirok eta oladi.
Yangi o‘yinchiga xush kelibsiz ballari berish
Shablonni yana yaxshilashning bir yo‘li — obuna tekshiruvidan so‘ng yangi o‘yinchiga xush kelibsiz ballari berish.
Referalga ball berish
Buning uchun:
1. Obuna tekshiruvdan keyin joylashgan “Teg qo‘shish” harakatini toping
2. Harakat sozlamalarini oching va “Qo‘shish” tugmasini bosing
3. Amal ro‘yxatidan “Geymifikatsiya ballari” harakatini tanlang
4. ''Mijoz ballari'' sozlamasida referalga beriladigan ballar sonini belgilang
5. Keyingi xabarda ushbu ballar haqida ma’lumot yozing
Tayyor! Siz referal uchun kirish ballarni sozladingiz — bu yangi ishtirokchini rag‘batlantirishga yordam beradi.
Bot'larni ''nakrutka'' qilishdan himoya
Ba’zi vijdonsiz foydalanuvchilar turli usullar bilan o‘zlariga ko‘proq referallarni “qo‘shib”, o‘yinda yetakchilikka chiqishga harakat qilishadi. Buning oldini olish uchun botlardan himoyalovchi tekshiruv shartlarini kiritish tavsiya etiladi.
Bu shart ChatPlace neyroseti orqali foydalanuvchi haqiqiy inson ekanligini aniqlaganda bajariladi.
Ushbu tekshiruv:
• Foydalanuvchi akkaunti chuqur tahlil qilinadi
• 99% aniqlik bilan bot ekanligini aniqlash mumkin bo‘ladi
Agar siz allaqachon ''username'' mavjudligini tekshirgan bo‘lsangiz — tekshiruvdan keyin ''haqiqiy odam ekanligini tekshirish'' shartini ham joylashtiring.
Agar shart bajarilmasa va tizim foydalanuvchini bot deb o'ylasa, unga qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tishni taklif qilish mumkin.
Tekshiruvdan so‘ng operator foydalanuvchiga maxsus teg qo‘shadi, bu esa unga keyingi bosqichga o‘tishga imkon beradi.
Agar foydalanuvchi tekshiruvga rozi bo‘lsa, quyidagilar sodir bo‘ladi:
Operatorga xabar yuboriladi, unda foydalanuvchi haqida asosiy ma’lumotlar bo‘ladi
Shundan so‘ng operator potentsial ishtirokchining akkauntini tekshirishi mumkin.
Siz bu avtomatizatsiyani boshqa foydali yo‘llar bilan ham takomillashtirishingiz mumkin. Asosiy maqsad — o‘yinchilar tomonidan ballarni sun’iy oshirish holatlarining oldini olish.
⸻
Ushbu avtomatizatsiya sozlangach, navbat yakuniy bosqichga keladi — bu:
[Telegram o'yin] Referal uchun Ballar uchun shabloni.