Skip to main content

Shaxsiy avatar

AI shaxsiy avatarini qanday yaratish va sozlash mumkin

Ш
Written by Шах Тураев
Updated yesterday

Biznesingiz haqidagi foydalanuvchilar savollariga javob berish uchun sun’iy intellektni tezda o‘rgatib ishga tushirishingiz mumkin. Buning uchun bot'ga bilimlar bazasini kiritasiz. Bot 24/7 rejimida savollarga mustaqil javob beradi. Agar u javobni bilmasa, so‘rovni menejerga yo‘naltiradi.

Diqqat! Assistentni yaratishdan avval Instagram akkauntigiz yoki Telegram botingizni ChatPlace servisiga ulashingiz lozim.


Akkauntga shablonni qanday qo‘shish mumkin

Shaxsiy avatar yaratish uchun quyidagi bosqichlarni bajaramiz:

Avtomatlashtirish bo‘limiga o‘tamiz

• "Tayyor shablon asosida" yangi avtomatlashtirish yaratamiz;
• "Keyin" tugmasini bosamiz;


• "[AI] Shaxsiy avatar" shablonini tanlaymiz;

• "Tanlash" tugmasini bosamiz;

• Akkauntlar ro‘yxatidan kerakli akkauntni tanlaymiz;

• "Shablon qo‘shish" tugmasini bosamiz.


Bir necha soniyadan so‘ng avtomatlashtirish chat-botingiz uchun yangi shablon yaratadi. Endi uni o‘zingizga moslab olishingiz kerak.

E’tibor bering: Shablonning o‘zi har qanday xabardan ishga tushirish uchun mo‘ljallangan. Boshqa ishga tushirish usullari uchun shablon qanday sozlashni quyida ko‘rib chiqamiz.


Avtomatlashtirish jarayonining boshlanishi qanday tuzilgan

Birinchi blok - "harakat" → "o‘zgaruvchiga saqlash". Bu blok faqat zanjirning boshlanish vazifasini bajaradi, undan foydalanilganda mijozdan kelgan so‘nggi xabar tanlangan o‘zgaruvchiga yoziladi. Agar mijoz savol bersa, salomlashsa yoki boshqa xabar yozsa - avtomatlashtirish ishga tushadi, chunki shablonning harakatlantiruvchisi har qanday xabar hisoblanadi.

Javob sifatida foydalanuvchiga "..." yuboriladi - bu javoblarni yuklashning o‘ziga xos ko‘rinishi. Siz bu xabarga salomlashuv, sun’iy intellektga xabarni qayta ishlash uchun ozgina vaqt kerakligini tushuntirish yoki uni shundayligicha qoldirishingiz mumkin.

So‘ngra keyingi "harakat" → "ChatPlace sun'iy intellektiga so'rov punktiga o‘tamiz''


Sun’iy intellektni qanday sozlash va bilimlar bazasini qanday yozish mumkin

Bu yerda qilish kerak bo‘lgan birinchi narsa - sun’iy intellekt uchun rol belgilashdir. Rol yordamida sun’iy intellektga so‘rov aniqroq bo‘ladi, shuningdek, u javobni yanada aniqroq shakllantira oladi. Rol - sun’iy intellekt ishlayotgan modeldir.

"Rol qo‘shish" tugmasini faol holatga keltirish va birinchi bo‘sh maydonchaga assistent bajaradigan rolni yozish lozim.


Muhim: Rol qisqa bo‘lishi kerak. Faqat mohiyatni, ya’ni sun’iy intellekt o‘zini kim yoki nima deb hisoblashi kerakligini ko‘rsating. Masalan, "sen kalkulyatorsan" yoki "sen g‘oyalar generatorisan".


Misol uchun, quyidagi rolni belgilash mumkin:

"Sen ChatPlace kompaniyasining shaxsiy assistentisan. Mijozlarning savollariga javob berasan."

Bunday holda, bot servis bilan bog‘liq savollarga javob beradi. Agar undan ob-havo, sevimli taomlar yoki dollar kursi haqida so‘rashsa, u bunday savollarga javob bermasligini aytadi.

Ikkinchi blokda ma’lumotlar bazasini yuklaymiz — mijozlar bilan ishlash paytida neyrotarmoqqa kerak bo‘ladigan barcha savollar va javoblarni. Barcha ko‘rsatmalarni, muloqot bo‘yicha barcha talablaringizni yozamiz, butun bilimlar bazasini kiritamiz. Shu yerning o‘zida mahsulot va kompaniya haqida qisqacha ma’lumot qo‘shish mumkin.

Muhim: Ma’lumotlar bazasini 5000 ta belgiga joylashtirishga harakat qiling — shunda sun’iy intellekt savollarga tezroq va aniqroq javob bera oladi.

Agar sizda katta hajmli ma’lumotlar bazasi bo‘lsa, barcha savollar va bilimlar bazasini ingliz tilidagi yordamchiga yuklagan ma’qul. Shunda sun’iy intellekt foydalanuvchilarning so‘rovlarini yaxshiroq tushunadi va generatsiyaga kamroq tokenlar sarflanadi. Mijozlar chat-botga qaysi tilda yozsa, o‘sha tilda javob oladi.

Agar sizning bilimlar bazangiz juda katta bo‘lsa, boshqa neyron tarmog‘idan foydalanishingiz, unga o‘z ko‘rsatmalaringizni yuklashingiz, undan matnni qisqartirishni, ortiqcha ma’lumotlarni olib tashlashni va zarur bo‘lsa, ingliz tiliga tarjima qilishni so‘rashingiz mumkin.

Bilimlar bazasi taxminan quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin:

''Qo'llanma:

Savollarga javob berish uchun quyidagi bilimlar bazasidan foydalaning. Faqat tekshirilgan ma’lumotlarni taqdim eting, savol berilgan tilda javob bering, javob 100 so‘zdan oshmasin. Do‘stona muloqot uslubini qo‘llang, emoji qo‘shishingiz mumkin. Oddiy shakldagi javoblarga e’tibor qarating. Savollarga javob berish uchun FAQ dan foydalaning, agar javob FAQ da bo‘lmasa, "noma’lum" deb javob bering''

FAQ:

S: 1-savol

J: 1-javob

S: 2-savol

J: 2-javob


Savol: {{ question }}"

Prompt va butun bilimlar bazasini yozib bo‘lgach, oxirgi qatorda savol va mijoz xabari saqlangan o‘zgaruvchini ko‘rsatamiz, toki neyrotarmoq nimaga javob berishi kerakligini bilsin. Shunday qilib, birinchi blokda saqlangan o‘zgaruvchini yo'naltiramiz.

Keyin "Javobni o‘zgaruvchiga saqlash" → "answer" ni tanlaymiz.



Neyrotarmoq javoblarini qanday yaxshilash mumkin

Javobni saqlash uchun 2 ta variant mavjud:


• xabarlar tarixisiz;

• so‘rovlarni optimallashtirish.




"Xabarlar tarixisiz" tanlanganida, neyrotarmoq oldingi so‘rovlarni saqlamaydi va foydalaniladigan belgilar soni kamayadi.

"Xabarlar tarixisiz" tanlanganida, neyrotarmoq oldingi so‘rovlarni saqlamaydi va foydalaniladigan belgilar soni kamayadi.

Foydalanuvchilar bilan muloqot qiladigan barcha chat-botlar uchun tarixni o‘chirish tavsiya etilmaydi, chunki bot mijoz bilan suhbat tarixini eslay olmay qoladi. Bu foydalanuvchilar bilan munosabatda ziddiyatlarni keltirib chiqarishi va potensial mijozlar bilan ishlashni qiyinlashtirishi mumkin.

"So‘rovlarni optimallashtirish" ikkinchi varianti ChatPlace’ning ichki ishlanmasidir. U yoqilganda, neyrotarmoq faqat unga kiritilgan ma’lumotlar bazasiga tayanadi va javoblarda ChatGPT imkoniyatlaridan foydalanmaydi. Bu neyrotarmoq so‘rovlarini optimallashtirishga va ularni kompaniyangizga yo‘naltirishga yordam beradi. Ushbu opsiyani mijoz neyrotarmoq orqali bilimlar bazasiga murojaat qilganda doim yoqish maqsadga muvofiq.

Shartlarni qanday va nima uchun sozlash kerak

"Harakat"dan sxema neyrotarmoqning javobi tekshiriladigan "shart"ga olib boradi.

Bu nima uchun qilinadi. Shart yordamida chat-bot neyrotarmoq foydalanuvchiga aynan qanday javob berganini tekshiradi. Javobga qarab, neyrotarmoq foydalanuvchini har xil ssenariyga olib ketishi mumkin.


Misol uchun, chat-bot foydalanuvchiga maxsus xabar yuborishi yoki suhbatni boshqa yo‘nalishga o‘tkazishi mumkin, ya'ni oldindan yozilgan aniq bloklar ketma-ketligini o‘zgartirishi — masalan, odamni to‘lovga yuborish yoki boshqa avtomatlashtirishga o‘tkazish.

Shablondan: Agar neyrotarmoq mijozga «Unknown» so‘zini javob sifatida yuborsa, shartda neyrotarmoq javobidagi o‘zgaruvchan qiymatlar tekshiriladi, agar javobda «Unknown» bo‘lsa — mijozga AI javobni bilmasligini va odamni chaqirishni aytuvchi xabar yuboriladi.


Qanday ishlaydi: Neyrotarmoq foydalanuvchiga javob beradi, chat-bot esa shartda «o‘zgaruvchan qiymat»ni tekshiradi, neyrotarmoq nima javob berganini ko‘rib chiqadi. Agar javobda shartga mos keladigan so‘z bo‘lsa — ssenariy foydalanuvchini ushbu tarmoqqa olib boradi. Agar javobda shartga mos keladigan so‘zlar bo‘lmasa — neyrotarmoq faqat foydalanuvchiga ma'lumot bazasidan javob beradi.

Shartlarni qanday sozlash: ''Shart qo‘shish'' tugmasi yordamida bir nechta tekshiruvlarni qo‘shib, bir avtomatlashtirish ichida bir nechta ssenariylarni yaratish yoki boshqa avtomatlashtirishlarga o‘tkazish mumkin.

Masalan. ''Shart qo‘shish'' orqali uchta blokni bir vaqtning o‘zida qo‘shamiz. Foydalanuvchi neyrotarmoqqa ''nechi pul? deb yozsa — unga narx bilan xabar keladi. Agar u ''mahsulot sotib olishni xohlayman'' deb yozsa — uni sotib olish zanjiriga o‘tkazadi. Agar u ''sizda mana bu mahsulotni olgan edim, yana nimalar bor?'' deb yozsa — u boshqa voronkaga o‘tkaziladi.

Shartda 2 ta o‘zgaruvchi tekshiruvi yaratamiz:

''O‘zgaruvchi qiymati'' — «answer». Bot shartni tekshiradi va savolga javob beradi, chunki u oldingi variantlarga mos kelmaydi. Biz neyron tarmoq qanday javob berganini ko‘ramiz:

  • so‘zga mos keladi — neyrotarmoq foydalanuvchiga javobni chiqaradi;

  • «Unknown» — operatorga yo‘naltiramiz;

  • «Kalit so‘z» — sotuvga yo‘naltiramiz.


    Umumlashtirishni qanday va nima uchun sozlash kerak

    Ssenariyga ko‘ra, mijoz operatorni chaqirishga qaror qilganda, operator vaziyatdan xabardor bo‘lishi uchun mijozning sun’iy intellekt bilan muloqotini qisqacha tayyorlab qo‘yish lozim.

Mijoz chat-botga yuborgan xabardan "harakat" → "ChatPlace AI'ga so‘rov" → "o‘zgaruvchiga saqlash" bloki boshlanadi.

Bu nima va nima uchun kerak? Summarize mijoz va sun’iy intellekt o‘rtasidagi suhbatni qisqartirishga yordam beradi, shunda butun muloqotni qayta o‘qib chiqishga hojat qolmaydi.

Sun’iy intellekt uchun yangi vazifani belgilaymiz - endi u suhbatni qisqartiradi ("dialogue summarizer").

"Oramizdagi muloqotni qisqartiring va uni 100 ta so‘zga keltiring, do‘stona uslubdan foydalaning" degan ko‘rsatma allaqachon berilgan. Siz uni shundayligicha qoldirishingiz yoki o‘zingizga moslab o‘zgartirishingiz mumkin.

Qayta so‘zlash qaysi tilda kerakligini ko‘rsatish muhim, aks holda u ingliz tilida yuborilishi mumkin, bu esa hammaga ham qulay emas.


Javob "summarize" o‘zgaruvchisida saqlanishi lozim.

Bu nima uchun kerak. Ushbu blok tufayli neyrotarmoq mijoz bilan bo‘lgan barcha yozishmalarni ixchamlashtirib, operatorga qisqacha mazmunini taqdim etadi - shunda mijozga yordam berish uchun butun yozishmani o‘qib chiqishga hojat qolmaydi.

Mijoz savoli haqida xabarnoma qanday olinadi

Yangi "Harakat" → "Telegram'dagi xabarnoma" blokini qo‘shamiz va kerakli akkauntni tanlaymiz. Xabarnomalarni ulash va ularning ishlashi haqida batafsil ma’lumot boshqa qo'llanmada keltirilgan.

Xabar matniga quyidagi ma’lumotlarni kiritish mumkin:

"Mijoz @{{ username }} {{question }} savoliga javob ololmadi. Suhbatning qisqacha mazmuni: {{ summarize }}. Suhbat havolasi: {{ chatLink }}

"Tanlangan" ustunida foydalanuvchini belgilaymiz. Xabarda asosiy jihatlarni ko‘rsatib o‘tish kerak:

• mijoz @{{username}} - chat-botga murojaat qilgan foydalanuvchining taxallusi;

• {{question}} savoliga javob olmadim - bunday yozuvda foydalanuvchi bergan savol jingalak qavslar ichida to‘liq keltiriladi;

• suhbatning qisqacha mazmuni {{summarize}} - bir necha jumlada foydalanuvchi nimani va qanday so‘ragani, unga qanday yordam kerakligi haqida;

• chat havolasi {{ chatlink }} - ustiga bosish orqali menejer darhol suhbatga kirishadi va mijozga javob bera oladi.


So‘ngra "xabar" blokini "harakat" blokiga almashtiramiz. Shunda siz yoki menejeringiz xabar haqida bildirishnoma olasiz.

Foydalanuvchiga savolini olganimiz va tezda javob berishga harakat qilishimiz haqida avtomatik xabar yuboriladi.

Bundan keyin nima bo‘ladi. Bildirishnoma yuborilgandan so‘ng, chat-bot mijozga "Men xabaringizni oldim va albatta javob beraman" degan xabarni yuboradi. Operator havolani bosib, mijozning savollariga javob berish va unga tanlov qilishda yordam ko‘rsatish uchun darhol suhbatga kirishi mumkin.




Ishga tushirish triggerini qanday sozlash kerak

Yuqori o‘ng burchakdagi "Ishga tushirish triggerlari" tugmasini bosing:

So‘ngra "xabar" triggerini tanlaymiz va "har qanday xabarga javob berish"ni belgilaymiz.


Shablon bo‘yicha chat-bot ma’lumotlaringiz bilan ishlashga to‘liq tayyor. U ishlay boshlashi uchun yoqishni unutmang. Faol avtomatlashtirish nomining chap tomonida yashil doiracha mavjud.


Kalit so‘zi orqali avtomatik ishga tushirishni qanday sozlash mumkin

Agar avtomatlashtirish har qanday xabardan emas, balki ma’lum bir so‘z yoki izohdan boshlanishi kerak bo‘lsa, zanjirning boshlanishini o‘zgartirish lozim. Masalan, bu neyrotarmoq operator xodimlar bilan bir vaqtda ishlamasligi uchun zarur bo‘lishi mumkin.

Buni qanday amalga oshirish kerak. Avvalo salomlashuv xabarini yaratamiz - shunda foydalanuvchi inson bilan emas, balki neyrotarmoq bilan muloqot qilayotganini anglaydi. Ushbu xabarni birinchi boshlang‘ich blokka joylashtiramiz va blok ustidagi strelkani bosamiz.

Keyingi qadamlar:

• "harakat" blokini yaratamiz va "mijoz ma’lumotlarini yig‘ish"ni tanlaymiz;

• harakat sozlamalariga o‘tib, "javobni o‘zgaruvchiga saqlash" parametrini faollashtiramiz;

• javob saqlanadigan aniq o‘zgaruvchini tanlaymiz, masalan, bu "savol" o‘zgaruvchisi bo‘lishi mumkin;

• "mijoz 5-10 daqiqa ichida javob bersa" parametrini yoqamiz (operatorning mijoz bilan keyingi muloqotiga xalal bermaslik uchun qisqa muddat zarur);

• "chiqish va xabar yozish" sozlamasini faollashtiramiz - masalan, u quyidagicha bo‘lishi mumkin: "suhbat vaqti tugadi, muloqotni davom ettirish uchun chatga "assistent" deb yozing (boshidan ishga tushirish uchun kalit so‘zingiz);

• foydalanuvchi belgilangan vaqtdan kechroq javob bergan holatlarda yuborilishi kerak bo‘lgan xabar matnini tuzamiz

Ushbu sozlamalarni yakunlagach, birinchi xabarni "harakat" bloki bilan bog‘laymiz. Shuningdek, yordamchi javobi blokini ({{ answer }} o‘zgaruvchisi bilan) va "mijoz ma’lumotlarini yig‘ish" amalini o‘zaro bog‘laymiz. Bu yordamchiga foydalanuvchining har qanday savoliga javob berish imkonini beradi.




Ushbu shablonda ma’lum bir triggerdan ishga tushirish uchun boshlanish quyidagicha bo‘lishi kerak👆

Endi ishga tushirish triggerini belgilaymiz:

Avvalo ishga tushirish triggerini - "xabar"ni o‘rnatamiz va avtomatlashtirish nimaga ishga tushirilishini tanlaymiz. Masalan, u quyidagi hollarda ishga tushishi mumkin:


Har qanday xabar - foydalanuvchi yozgan istalgan so‘zlarga ishga tushadi;

Muayyan xabar - aniq iboralar yoki alohida so‘zlarga faollashadi;

O'z ichiga olgan xabar - foydalanuvchi xabarida aniq so‘z yoki ibora mavjud bo‘lsa, ishga tushadi.

Bu variantlardan "har qanday xabar"ni tanlash maqsadga muvofiq, chunki boshqa variantlar zanjirga o‘zgartirishlar kiritilmasa, to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.

So‘ngra ishga tushirish sozlamasini yopamiz - barcha ma’lumotlar avtomatik ravishda saqlanadi


Ishga tushirish triggerini "Xabarlarni aniqlash" deb tanlash eng yaxshi usul hisoblanadi. Bu holda foydalanuvchi xabariga sun’iy intellekt javob beradi. U mijoz nimani so‘rayotganini aniqlay oladi.
Masalan, mijoz quyidagicha so‘rashi mumkin:

• narxi qancha?

• mahsulot qancha turadi?

• menga qanchaga tushadi?

• artikul narxi qanday?

Bunday har bir holatda sun’iy intellekt mijoz narxni bilmoqchi ekanligini tushunadi va unga tegishli javobni beradi.

"Xabarlarni aniqlash" aqlli triggeri

Ma'lum so‘zlarni sozlagandan so‘ng, avtomatlashtirishni takomillashtirish va "Xabarlarni aniqlash" aqlli triggerini qo‘shimcha sozlash mumkin.

U nima uchun kerak? Bunday sozlashdan so‘ng, avtomatlashtirish nafaqat ma’lum so‘zlar yoki iboralardan, balki foydalanuvchi ma’lum bir mavzu haqida so‘raganda ham ishga tushadi. Triggerga o‘rnatilgan sun’iy intellekt xabar yoki izoh mazmuniga e’tibor qaratadi - ma’lum mavzular bo‘yicha so‘z yoki iboralarni yozish shart emas. Avtomatlashtirish ishga tushishi kerak bo‘lgan asosiy g‘oyani ko‘rsatish kifoya.

Undan foydalanish uchun quyidagilarni bajarish lozim:

• Ishga tushirish triggerlarini oching va "xabarlarni aniqlash" bandini tanlang.

• Avtomatlashtirish uchun mijoz xabarida bo‘lishi kerak bo‘lgan asosiy g‘oya va mavzuni yozing. Masalan, "mijoz narxlar bilan qiziqmoqda" yoki "mijoz kompaniya mahsulotlari haqida bilishni xohlamoqda."

Bunday holda, avtomatlashtirish har safar foydalanuvchi tegishli mazmundagi xabar yozganida ishga tushadi.


Operator javob berganda botning javob bermasligini qanday sozlash mumkin


Diqqat! Bu shablon faqat ishga tushirish triggerlarida "xabar" va "har qanday xabar" tanlangan bo‘lsagina ishlaydi.

Foydalanuvchi operatorni chaqirganda, avtomatlashtirish uni chalg‘itmasligi va suhbatni chalkashtirib yubormasligi kerak. Agar foydalanuvchi allaqachon jonli operator bilan muloqot qilayotgan bo‘lsa, sun’iy intellekt aralashmagani ma’qul.

Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin: agar sun’iy intellekt javobni bilmasa va operatorni yordamga chaqirishni taklif qilsa, foydalanuvchi esa tugmani bossa, foydalanuvchiga tegishli teg berilishi kerak, masalan, "operator kutilmoqda".

Avtomatlashtirishni teg tekshirish sharti bilan boshlaymiz. Agar teg mavjud bo‘lsa, hatto mijoz botni chaqirsa ham, u javob bermaydi. Avtomatlashtirishni teg tekshirish sharti bilan boshlaymiz. Agar teg mavjud bo‘lsa, hatto mijoz botni chaqirsa ham, u javob bermaydi.


Shundan so‘ng boshqa avtomatlashtirish ishga tushadi va zanjirning oxirida odatda dialog qayta ishlanadigan vaqtga teng bo‘lgan "kechiktirish" amalini qo‘shamiz. Kechiktirishdan keyin boshida berilgan tegni o‘chirish amalini qo‘shamiz.

Bu foydalanuvchi dialog tugagandan so‘ng neyrotarmoq bilan yana muloqot qila olishi uchun zarur. Misol uchun, agar bir necha haftadan so‘ng foydalanuvchi yana mahsulot sotib olishni xohlasa, neyrotarmoq unga faqat teg o‘chirilgan taqdirdagina javob beradi.

Muhim. "To'xtovsiz ishlash" parametrini albatta yoqishimiz kerak.

Boshqa avtomatlashtirish jarayonlari ishga tushganda ham kechiktirish to‘xtamasligi uchun buni avtomatlashtirish sozlamalarida amalga oshiramiz. Agar buni qilmasak, nimadir noto‘g‘ri ketishi va foydalanuvchi siz bilan bog‘lana olmasligi mumkin, chunki bot unga javob bermaydi, operatorni esa hech kim chaqirmaydi.


Did this answer your question?