Avtojavoblar — auditoriya bilan muloqot qilish uchun kuchli vositadir.
Bu funksiyaning yordami bilan bot foydalanuvchilarning izohlariga sizning nomingizdan javob beradi, tirik muloqot effektini yaratadi va vaqtingizni tejaydi.
Agar odam xabarlariga tez javob olsa — unda ishonch uyg‘onadi va suhbatni davom ettirish istagini paydo qiladi.
🔧 Avtojavoblar qayerda sozlanadi
''O‘sish vositalari'' bo‘limiga o‘ting.
“Izohga avtomatik javoblar” punktini tanlang.
“Yangi javob” tugmasini bosing.
⚙️ Avtojavob sozlash bosqichlari
1. Avtojavob nomi
Tushunarli nomni kiriting — agar sizda bir nechta vazifalar uchun turli avtojavoblar bo‘lsa, chalkashmovchilik bo'lmaydi.
2. Trigger sozlash
Bot qaysi so‘z yoki iboralarga javob berishini kiriting va qaysi postlar yoki reels ostida izohlarni kuzatib, ularga javob berishini belgilang.
⚠️ Agar siz avtojavobni avtomatlashtirish bilan birga ishlatayotgan bo‘lsangiz — triggerlar aynan avtomatlashtirishdagi kabi bo‘lishi kerak.
💬 Javob variantlarini qo‘shish
Kamida 10 ta javob varianti kiriting — ular tasodifiy tarzda yuboriladi. Variantlar ko‘p bo‘lishi muhim, bu Instagram tomonidan shubhali harakat emasligini tasqiqlash uchun zarur.
✨ Shaxsiylashtirilgan avtojavob misoli:
• Har bir izoh egasiga alohida murojaat qilish uchun @{{ username }} formatidan foydalaning.
• Javoblarni turlicha va mavzuga mos tarzda tuzing.
• Emoji, savollar, motivatsion iboralar qo‘shish mumkin.
🤖 Sun’iy intellekt yordamida javoblar
Agar siz “Sun’iy intellekt yordamida javob” opsiyasini yoqsangiz — bot foydalanuvchi izohiga mazmunan o‘zi javob beradi.
• Bu holda maxsus trigger so‘zlar kerak emas — neyroset izoh matnini, tilini va belgilarni o‘zi tahlil qiladi.
• Agar siz avtomatlashtirish bilan ishlamayotgan bo‘lsangiz, lekin izhohlar ostida faollik bo‘lishini xohlasangiz — bu usul ayni muddao.
💡 Muhim: Neyrosetdan foydalanish uchun ChatPlace AI paketi kerak — u Unlimited tarifiga kiritilgan yoki ''Pro'' tarifida qo‘shimcha paket sifatida berilgan.
📉 Instagram cheklovlari
• Instagram bir kunda yuboriladigan avtomatik izohlar sonini cheklaydi: 150–300 ta avtojavob.
• Agar bot birdaniga javob berishni to‘xtatsa, lekin avtomatlashtirish ishlasa — xavotir olmang: ehtimol kunlik limit tugagan.
C Limit yangilangach, bot yana ishlay boshlaydi.
Instagram izohlar limiti
Vaqt | Yangi akkaunt | Endi ochilgan akkaunt | Eski akkaunt |
Soatida | 30 | 40 | 50 |
Sutkada | 150 | 200 | 250-300 |
✅ Oxirgi qadamlar
• Avtojavob yaratilib bo‘lingach, u avtomatik yoqiladi — bot darhol ishlashni boshlaydi.
• Bot o‘zi izohlarni kuzatadi, triggerlarga mos keladiganlarini aniqlaydi va sizning nomingizdan javob beradi.
Avtojavoblarni yaratgandan so‘ng har doim tahrirlash mumkin.