Avvalo, sizga Telegram-Bot'ni yaratish kerak bo‘ladi. Buning uchun Telegram ilovasiga kirib, maxsus @BotFather bot'ni toping.
Bu Telegram ishlab chiquvchilari tomonidan yaratilgan rasmiy bot bo‘lib, u orqali siz o‘z bot'laringizni yaratishingiz va tahrirlashingiz mumkin. Boshlda bizga Telegram-Bot API orqali ulanish uchun kerakli tokenni olish lozim.
1. BotFather bilan chatni ochganingizdan so‘ng va bot'ni ishga tushirgach, menyudan ”/newbot” komandasini tanlang yoki yozing.
2. Mijozlar bilan muloqot qiluvchi bo‘lajak botingizga nom bering.
3. Yagona (noyob) username o‘ylab toping, u _bot bilan yakunlanishi kerak. Agar tanlagan username band bo‘lsa, tizim bu haqda sizga xabar beradi.
4. Ushbu oddiy bosqichlarni bajarganingizdan so‘ng, Telegram sizga noyob token beradi. Ushbu token ustiga bosish orqali uni avtomatik nusxalaysiz.
Bot yaratilganidan so‘ng, siz uni BotFather orqali sozlashda davom etishingiz mumkin: avatar qo‘yish, salomlashuv xabari, tavsif, komandalar menyusi va hokazo. Yoki darhol botni ChatPlace’ga ulab, ishlashni boshlashingiz mumkin.
Bot'ni sozlab bo‘lgach – endi uni token orqali ulash mumkin:
1. Akkaunt qo‘shish uchun “+” tugmasini bosing.
2. Telegram’ni tanlang
3. Ilgari nusxalangan va bot taqdim qilagan tokenni maxsus maydonga joylashtiring.
4. Tayyor! Telegram-Bot ulandi.
Endi avtomatlashtirishlar yaratish mumkin.
Agar bot hech qanday kodli so‘zlarsiz, tugmani bosgan zahoti ishga tushishini istasangiz, trigger (ishga tushirish komandasi) sifatida ”/start” ni belgilang.