Skip to main content

Telegram kanal yoki chatga botni administrator sifatida qo‘shish

Telegram-bot'ga administrator huquqlarini qanday berish mumkin

Ш
Written by Шах Тураев
Updated over a month ago

Nima uchun Telegram-bot'ni administrator qilish kerak

Agar siz mijozdan sizning kanalingizga obuna bo‘lganligini tekshirmoqchi bo‘lsangiz — bot albatta ushbu kanalning administratori bo‘lishi kerak. Shuningdek, geymifikatsiya jarayonida bot sizning kanalizdagi izohlar haqida ma’lumot olishi uchun ham u izohlar chati administratori bo‘lishi zarur.

Quyida bot'ni administrator qilishning turli usullarini ko‘rib chiqamiz.


Bot'ni administrator qilishning eng yaxshi usuli

Muhim!

Telegram’ning mobil ilovasi orqali botni administrator qilish tavsiya etiladi, chunki ''web'' yoki kompyuter versiyalarida xatoliklar paydo bo‘lishi mumkin.

Bot administrator qilinganidan so‘ng, ChatPlace sahifasini yangilashni unutmang.

Botni kanal (yoki chat) orqali yoki bevosita bot profilidan administratorga aylantirish mumkin.

1. Kanal yoki chat sozlamalari orqali

Telegram-kanal:

Bot'ni kanalga administrator qilish uchun:

1. Kanalni oching va nomiga bosing.

2. “Adminlar” bo‘limiga o‘ting.

3. “Admin qo‘shish” tugmasini bosing.

4. Botni @username orqali toping.

5. Bot'ni tanlang va unga barcha ruxsatlarni bering.

6. Tasdiqlang.


Izohlar chati:

Botni kommentlar chati administratori qilish uchun:

1. Chatni oching va qalamcha ikonkasini bosing.

2. “Adminlar” bo‘limiga o‘ting.

3. “Admin qo‘shish” tugmasini bosing.

4. Bot'ni @username orqali toping.

5. Bot'ni tanlang va unga barcha ruxsatlarni bering.
6. Tasdiqlang.



2. Bot profili orqali

1. Bot bilan chatni oching va uning nomiga bosing.

2.“Guruh yoki kanalga qo‘shish” opsiyasini tanlang.

3. Kerakli chat yoki kanalni qidiring.

4. Barcha ruxsatlarni bering.

5. “Bot'ni administrator sifatida kiritish” tugmasini bosing.



Bot administrator bo‘lganini qanday tekshirish mumkin

1. ChatPlace sahifasini yangilang.

2. Avtomatizatsiya konstruktorini oching.

3. “Obuna” shartini sozlashga urinib ko‘ring.


Agar siz ro‘yxatda o‘z kanalingizni ko‘rsangiz — demak bot administratorga aylangan.


Kerakli kanal ro‘yxatda yo‘q bo‘lsa, nima qilish kerak


Agar bot administrator bo‘lmasa va kanal ro‘yxatda ko‘rinmasa:

1. Bot'ni administratorlar ro‘yxatidan olib tashlang.

2. Uni yana mobil ilova orqali administrator qiling.

3. Sahifani yangilang va shartni qayta yarating.

Ba’zida Telegram-bot'ni administrator sifatida darhol qo‘shmaydi. Bu 10 daqiqadan 1 soatgacha vaqt olishi mumkin. Shuningdek, kerakli ruxsatlar ham birdaniga berilmasligi mumkin. Bunday holatda yuqoridagi amallarni takrorlang.



Foydali bo‘lishi mumkin:

Did this answer your question?