Agar sizda bir nechta avtomatlashtirishlar bir vaqtning o'zida ishlayotgan bo‘lsa va ular orasida kechikish (delay) funksiyasi bo‘lsa — kechikish ishlamay qolishi va mijoz uchun keyingi xabarlar yuborilmay qolishi mumkin.
Buni qanday sozlash mumkin:
• Asosiy ekranda kerakli avtomatlashtirish kartasining o‘ng yuqori burchagidagi uch nuqtani bosing;
• ''To'xtovsiz ishlash'' oynasiga belgi qo‘ying (galochka).
Ko'rinishi:
Foydasi: Bu funksiya kechikishni saqlab qolishga yordam beradi.
Misol:
Aytaylik, foydalanuvchi bitta avtomatlashtirishni ishga tushirdi, u ssenariyni bajarishda davom etib kechikish blokida to‘xtadi. Agar shu paytda foydalanuvchi yana bir avtomatlashtirishni ishga tushirsa — birinchi avtomatlashtirishdagi kechikish bekor qilinadi va mijoz keyingi xabarlarni olmaydi.
Shuning uchun boshqa avtomatlashtirishlar ta’sirini yo‘q qilish va kechikish bloki mavjud bo‘lgan holatlarda ushbu funksiyani yoqish juda muhim.