Skip to main content

Geymifikatsiyani o'rnatish bo‘yicha tavsiyalar

Bizning maslahatlarimiz bilan kuchli jalb qiluvchi o'yinni yarating

Ш
Written by Шах Тураев
Updated over 2 weeks ago

Foydali havolalar:

Geymifikatsiya — bu mavjud auditoriyani kontentga jalb qilish, muallifga bo‘lgan sadoqatni oshirish va savdoni ko‘paytirishning samarali usulidir.

E’tiborga olish kerak bo‘lgan muhim jihatlar:

⁃ Bu barcha muammolarning yechimi emas. Geymifikatsiya faqat maqsadli auditoriyaga mo‘ljallangan, puxta o‘ylangan, muntazam va sifatli kontent bilan birga samarali ishlaydi.

⁃ Geymifikatsiya ko‘p sonli bot'lar yoki kontent bilan o‘zaro aloqaga kirishmaydigan “o‘lik” auditoriyali akkauntlarga mos kelmaydi.

O‘yinni ishga tushirishdan oldin, bu narsa obunachilarga hech bo‘lmaganda muayyan darajada qiziq bo‘lishiga ishonch hosil qiling. Buni so‘rovlar, ovoz berishlar yoki sovringa bo‘lgan talabni aniqlash orqali tekshirish mumkin.

⁃ Bu auditoriyani mahsulotga jalb qilishning yaxshi usuli, shuning uchun o‘yinni kurslar / mahsulotlar / xizmatlar savdosining faol bosqichida ishga tushirish eng samaralidir.


Qanday hollarda geymifikatsiyani o'rnatish kerak?

  • Siz muallif haqida interaktiv formatda hikoya qilmoqchisiz, mahsulot qiymatini yetkazmoqchisiz va kontentda faol ishtirok hisobiga ''oxvatni'' ushlab qolgan holda ko‘proq sotuvlarni amalga oshirmoqchisiz.

  • Sizda juda faol va sodiq auditoriya bor, ular sizga ishonishadi va siz o‘z sodiq muxlislaringiz uchun qadrli biror narsa o‘ynab, ko‘plab yangi obunachilarni jalb qilmoqchisiz. (Obunachilar storis'dagi belgilashlar va kontentning tavsiyalarga chiqishi orqali keladi)

  • Siz har bir mavjud va yangi obunachi blogdagi faolligi evaziga ball to‘playdigan sadoqat dasturini yaratmoqchisiz, keyinchalik obunachi bu ballarni sizning mahsulotingizga almashtirishi mumkin. Natijada, repostlar, tavsiyalar va akkauntingizga belgilashlar orqali ko‘plab organik trafik olasiz.

  • Siz obunachilarni hayratda qoldirib, ularni hissiyotlarga boy attraksionga jalb qilmoqchisiz, bu orqali ular sizga va mahsulotingizga ko'proq qiziqishadi va natijada ko‘plab sotuvlar amalga oshiriladi.

  • Siz auditoriyani tijorat akkauntingizga o‘tkazmoqchisiz yoki bloger bilan interaktiv hamkorlik qilishni xohlaysiz — bu holda umumiy o‘yinni faqat obunachilar uchun yaratish mumkin, shunda foydalanuvchilar ikkala akkauntga ham obuna bo‘lishadi.

  • Siz tezkor sotuvlarni amalga oshirmoqchisiz va mahsulotga qiziqishni oshirmoqchisiz. Masalan: “qora juma”, “Yangi yil”, “Maslenitsa”, “Tug‘ilgan kun”.



Qaysi o‘yin formatini tanlash kerak?
Aslida siz o‘zingizga qulay bo‘lgan o‘yin usullarini o‘ylab topishingiz mumkin. Biz sizga konstruktorni taqdim etamiz, siz esa undan o‘zingizga mos tarzda foydalanishingiz mumkin. Ammo allaqachon mavjud bo‘lgan bir nechta samarali formatlar mavjud:

  1. 5–7 kunlik o‘yin, unda 50–100 ta joydan iborat katta sovrin jamg‘armasi o'ynaladi. Dastlabki 3–10 ta o‘ringa eng qimmatbaho sovg‘alar, 100-o‘ringacha esa arzimagan sovg‘alar (masalan, promokod, chegirma, bepul dars, chek-list). Ball to‘play olgan har bir ishtirokchiga ham sovg‘a berish mumkin.

  2. O‘yin, har 2–3 kunda oraliq bosqich g‘oliblari aniqlanadi. Ular sovg‘a olishadi va keyingi bosqichga o‘tishadi, oldingi ballar esa bekor qilinadi.

    (Bu usul “ikkinchi bosqichga o‘tdi” tegini qo‘yish orqali belgilanadi va faqat shu tegi bor foydalanuvchilar keyingi bosqichda ishtirok etishadi. Ball faqat shu tegi bor foydalanuvchilarga beriladi. Bosqichlarsiz ham ishlasa bo‘ladi — shunchaki ballarni har bosqichda nolga tushirish kerak.)

  3. Ball faqat efirdagi izohlar, storis'dagi belgilashlar yoki reaksiyalar uchun beriladigan o‘yin.

    Masalan, siz efirlaringizda marafon o‘tkazishingiz mumkin va unga qiziqishni oshirish uchun geymifikatsiyani ulash zarur — izohlar uchun ball beriladi.

    (Dima Torgov shunday qilgan: efirni boshlaydi, izohlarni faqat oxirida yoqadi. Obunachilar izoh yozish uchun efirni oxirigacha tomosha qilishadi. Ball to‘plaganlar bot orqali ''Qora juma'' aksiyasida chat-bot kursini sotib olishgan. 2021 yil dekabrida 500 ta tomoshabindan 300 dan ortig‘i 3000₽ evaziga kursni sotib olgan.)

Shuningdek, efir davomida kalit so‘zlar aytiladi, ularni kiritganlar qo‘shimcha ball olishadi. Bu ham efirga jalb etuvchi usul.

4. Sadoqat dasturi.

Bu blogingizda uzoq muddat asosda mavjud bo‘lgan o‘yin. Yangi obunachilar so‘rovnomada qatnashishadi: to‘g‘ri javoblar uchun ball, noto‘g‘ri javoblar uchun yo‘qotish. Kalit so‘zlar chek-listlar, videolar yoki storis'larda yashiringan bo‘ladi.
Faollik uchun ball yig‘iladi. Kerakli miqdorga yetgach — obunachilar sovg‘alarni tanlab olishadi va mahsulotingizga qiziqish bildirishadi.

5. Faqat Yaqin Do‘stlar (YD) uchun o‘yin.

Bunda har bir YD ga teg qo‘yiladi (masalan, “YD”). Geymifikatsiya sozlamasida ball faqat shu tegga ega foydalanuvchilarga beriladi.

Barchani YD ga qo‘shing → storis'da trigger so‘z yozishini so‘rang → yozishadi → bot bu so‘zni yozganlarga avtomatik teg qo‘yadi → keyin ular faolligi bilan turnir jadvalida paydo bo'lishadi.

Keyinchalik, o‘yinda ishtirok etish YDda qolish va yopiq kontentga kirish uchun shart bo‘ladi.

Eng faol ishtirokchilar esa chegirmalar yoki bepul kontentni (dars, maqola, guruhli tahlil) qo'lga kiritishadi.

Shu sababli:

⁃ Agar siz katta auditoriyaga ega bloger bo‘lsangiz — 5–7 kunlik o‘yin formati va katta sovrin fondini tanlang. Yoki bir nechta bloger bilan hamkorlikda o‘yin o‘tkazing.

⁃ Agar siz mikrobloger bo‘lsangiz — kontentda kalit so‘zlar, bot'dagi bonus ballar orqali o‘yin tashkil qiling.

⁃ Agar sizda tijorat akkaunt bo‘lsa — siz uchun eng ideal variant bu sadoqat dasturi yoki tezkor o‘yin (aksiyalar paytida).

⁃ Agar siz mentorlik yoki kursingizga “progrev” qilmoqchi bo‘lsangiz — Yaqin Do‘stlar uchun o‘yin aynan shunga mos keladigan format.

Siz bir nechta formatni birlashtirib, interaktiv elementlar va turli ball yig‘ish usullari bilan juda qiziqarli o‘yin yaratishingiz mumkin.


Qanday sovg'alarni tanlash kerak?

Eng yaxshi sovg'a - bu sizning yo'nalishingiz bilan bog'liq auditoriya uchun qadrli bo'lgan narsa hisoblanadi.

Va ular o'yinda qatnashish, har kuni faollik ko'rsatish va ball to'plash uchun motivatsiyaga ega bo'lishlari kerak.

Sovg'a uchun g'oyalar ro'yxati:

• Pul mukofoti + storis'da belgilash yoki konsultatsiya

• Birga vaqt o‘tkazish. Shopping, restoran, mehmonxona, spa

• Kursga bepul kirish yoki chegirma

• Qo‘shma Reels

• Gadjetlar

• Aksessuarlar

• Sertifikatlar

• Chiptalar

• Fotosessiya

• Sayt dizayni

• Promokodlar / chegirmalar

• Guruh tahlillari

Eslab qoling: eng muhimi sovg'alarning o'zi emas, balki ular haqida qanday gapirishingiz va o'yin davomida qanday kontent yaratayotganingizdir. Odamlar uchun eng muhimi — his-tuyg'ular va e'tibor.

4. O‘yinni boshlashdan oldingi tavsiyalar

  1. Blogda o‘yinni e’lon qilishdan oldin barcha sozlamalarni tekshirib chiqing va har bir bosqichni boshqa akkauntdan o‘z qo‘lingiz bilan sinab ko‘ring. Shuningdek, kimdandir tashqaridan baho berishni so‘rang. Ko‘pincha “ko‘zning o‘rganib qolishi” yoki “kasbiy deformatsiya” tufayli xatoliklarni sezmay qolishimiz mumkin.

  2. O‘yinni e’lon qilishdan oldin kamida bir hafta ilgari storis va reels orqali unga bo‘lgan qiziqishni oshiring.

Shuni aytingki, siz maxsus narsa tayyorlayapsiz va har bir kishi siz haqingizda qiziqarli tarzda yangi narsalarni bilib oladi, foyda oladi va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritadi.

Storis'da sovg'alarni qanday tayyorlayotganingizni ko'rsating, do'konga borayotganingizni yoki buyurtma qilayotganingizni ko'rsating. Qancha sovrinli o‘rinlar bo‘lishini va siz butun jamoangiz bilan qanday mehnat qilayotganingizni tushuntiring.

Shunday formatda tizim ishga tushirilmoqda, bunday narsani kuzatuvchilaringiz hali hech kimda ko‘rmagandir.

Shuningdek, o‘yin boshlanish sanasini kamida 3-7 kun oldin e’lon qiling, shunda barcha tayyor turadi va bu kutilmagan bo‘lmaydi.

3. O‘yin davomida quyidagi chat-bot'laringiz borligini oldindan tekshirib chiqing:

⁃ O‘yinning qoidalarini bosqichma-bosqich tushuntiradigan, obuna borligini tekshiradigan, turnir jadvaliga havolani beradigan va o‘yin ishtirokchisi tegini belgilaydigan bot (kelajakdagi xabarlar yoki faqat o‘yindagilar uchun botlarda foydali bo'lishi mumkin)

⁃ “ballar” so'zi orqali joriy ballar sonini va turnir jadvalini olib chiqaradigan bot.

⁃ Storis'dagi birinchi belgilash yoki har kungi belgilovlar uchun turli bonuslar beradigan bot. Bu obunachilarning qiziqishini oshiradi va ularni har kuni ishtirok etishda davom etishlariga turtki beradi.

(Buni shart bloki va hafta kunini tekshirish orqali sozlashingiz mumkin — dushanba uchun bir ssenariy, seshanba uchun boshqasi va hokazo)

4. O‘yinda post qilinadigan butun kontentni oldindan tayyorlang. (Agar kuniga 2 ta izoh uchun ball topshirilsa, demak, kuniga 2 ta kontent bo‘lishi kerak. Agar faqat 1 ta izoh uchun — kuniga 1 reels yetarli)

Shuningdek, agar storis'dagi reaksiyalar uchun ball berayotgan bo‘lsangiz, kunlik limitga teng miqdorda storis joylashtiring.

(Agar kuniga 20 ta reaksiya uchun ball berilsa, kamida 20 ta storis joylashtiring. Aks holda, boshqalar yangi storis kutib turganlarida, haylayts storislarga aqlli obunachilar reaksiya qoldirib, ball olishlari mumkin. Hozircha bu cheklanishni sozlab bo‘lmaydi. Ammo siz haylats’ni yashirib qo‘yishingiz mumkin, shunda yangi storis yo‘q bo‘lsa hech kim ball ololmaydi. Tajribadan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, haylaytslar’ga reaksiya qo‘yishni tushunadiganlar 1% dan kamroq)

5. Reels'da o‘yin e’loni va ballar qanday taqsimlanishi haqida video tayyorlang. Storis'da ham bu haqida batafsil ma’lumot bering. Ballar sonini qanday bilish, turnir jadvali bilan qanday ishlash, g‘oliblar qachon aniqlanadi, ballar nimaga beriladi, qanday limit va cheklovlar bor — bularning hammasini tushuntiring.

(Diqqatni shunga qaratingki, ballar faqat har bir kontent birligi uchun noyob harakatlar uchun beriladi. Ya’ni, bitta storisga 100 ta reaksiya qo‘yilsa ham, belgilangan limitlar doirasida faqat birinchi 🔥 hisobga olinadi.

Agar siz post chiqqanidan keyingi ma’lum vaqt ichida izohlar uchun ko‘proq ball bersangiz — buni ham alohida ta’kidlang. Bu obunachilarni sizning kontentingizga bildirishnomalarni yoqishga undaydi va ular yangi reels yoki postlarni o‘tkazib yuborishmaydi.

Chunki kimdir bu haqda storis'dan bilib oladi, kimdir lentadan, yana kimdir — bot'dan. Barcha kanallarni ishga solish muhim (shu jumladan Telegram, agar sizda bo‘lsa).

Shuningdek, siz shuni ham alohida ta’kidlab o‘tingki, agar kimdir sizni storis'da belgilab keyin bu belgini o‘chirsa, yoki Yaqin Do‘stlar (YD) orqali noto‘g‘ri belgilar qilsa — siz bunday ishtirokchini o‘yindan chiqarib yuborasiz.
(Buni siz o‘yin sozlamalarida, “uch nuqta…” tugmasini bosib, istalgan vaqtda amalga oshirishingiz mumkin.)


5. O‘yin davomida tavsiyalar

  1. Har kuni storis va reels’da kontent joylashtiring, shunda obunachilar yangi ball olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

  2. O‘yin davomida mahsulotingiz haqida bemalol gapiring va unga qiziqishni storis hamda reels orqali qizdiring. Bu vaqtda auditoriya maksimal darajada jalb etilgan bo‘ladi va sotuvlar yoki ro‘yxatdan o‘tishga tayyor bo'lishadi.

  3. O‘yin davomida sotuvga yo‘naltirilgan vebinar o‘tkazishingiz mumkin, unda siz kalit so‘zlar berasiz — ularni kiritgan foydalanuvchilar ko‘proq ball olishadi.

  4. Storis'da so‘rovlar o‘tkazing, ochiq savollar bering — bu auditoriyangizning qiziqishlarini bilishga, ularning reaksiyalari va fikrlarini ko‘rishga yordam beradi.

  5. Efirlar o‘tkazing — bacrha u yerda ko‘proq ball olishi, siz va mahsulotlaringiz haqida ko‘proq bilishi, yoki savollar berishi mumkin. Ushbu efirlarga siz bot'ni ham ulang — u har bir izohga javoban sovg‘ali xabar yuboradi, bu esa mahsulotingizga jalb qiladi.

  6. O‘yin vaqtida yangi joylardan yoki yangi formatlarda kontent e’lon qilish orqali qiziqarli tadbirlar tashkil eting — bu ''oxvatni'' kengaytiradi, o‘yin hamda mahsulotga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.

  7. Har kuni eslatib boring — nima qilish kerak, qanday g‘olib bo‘lish mumkin. Direkt'dagi savollarni ko‘rib chiqing, turnir jadvalidagi holatni ko‘rsating va havolani storis'ga joylashtiring.

  8. O‘yin davomida auditoriyani faol ravishda boshqa joyga, masalan Telegram kanalga yo‘naltiring, u yerda siz qo‘shimcha foydali kontentni berishingiz va yashirin kod so‘zlar orqali foydalanuvchilarga qo‘shimcha ball topshirishingiz mumkin.


    6. O‘yindan so‘ngi tavsiyalar

    1. O‘yin yakunlangandan so‘ng, geymifikatsiya sozlamalarida “uch nuqta …” tugmasini bosib, unga ulangan barcha bot'lar o‘chirilganini tekshiring.
      Yoki, agar xohlasangiz, ushbu bot'larga quyidagi xabarni qo‘shishingiz mumkin:
      “O‘yin tugadi, natijalarni ushbu videodan ko‘rishingiz mumkin” → va lentadagi postni repost qilib, buni bot ichidagi blok-harakat orqali qo‘shishingiz mumkin.

    2. G‘oliblarni albatta tabriklang va natijalarni video shaklida yozib oling.

    3. Auditoriya hali “issiq” bo‘lganida, ularni vebinaringizga yo‘naltiring, u yerda siz mahsulotingizni sotuvga chiqarasiz.

    4. O‘yin tugaganidan so‘ng blogdan keskin yo‘qolib ketmang. Eng yaxshisi — bir kun o‘tib kontent chqarishni davom ettiring, bu blogdagi faollikni ushlab turadi.



    Qanday qilib bir nechta akkauntda o‘yinni samarali o‘tkazish mumkin?

    Hamkorlikdagi geymifikatsiya — bu auditoriya va mijozlar oqimini ikki yoki undan ortiq akkaunt o‘rtasida ayirboshlash uchun ajoyib vositadir.

    Geymifikatsiyani yaratganingizda tanlangan sozlamalar va shartlar barcha ulangan akkauntlar uchun bir vaqtning o‘zida amal qiladi. Biroq, bu yerda ayrim nozik jihatlar mavjud:

    1. O‘yinni boshlash va turnir jadvaliga kirish uchun foydalanuvchi har bir akkauntga xabar yozishi kerak, bu orqali 24 soatlik oynani faollashtiradi.
      Bu, masalan, har bir akkauntda bot ishga tushiriladi — u obunani tekshiradi va quyidagicha yozadi:
      “Agar siz barcha akkauntlarga obuna bo‘lgan bo‘lsangiz va profilingiz shartlarga mos kelsa — demak siz o‘yindasiz!”

    2. Agar siz hamkor akkaunt bilan birgalikda reels joylashtirsangiz, bu bitta blogda bitta noyob harakat sifatida hisoblanadi — foydalanuvchi izohni qaysi akkauntda qoldirganidan qat’iy nazar.

    3. Agar o‘yin davomida obunachi biror akkauntga obunani bekor qilsa — u o‘yindan chiqadi.



    Hamkorlikdagi o‘yin 2 maqsadga xizmat qilishi mumkin:

    1. Auditoriya almashinuvi

    Masalan, siz boshqa bloger yoki o‘z tijorat blogingiz bilan hamkorlik qilmoqchisiz.

    Tijorat blogi bilan quyidagicha qilish mumkin: obunachilar unga shunchaki obuna bo‘lishadi, diqqatni asosiy blogdan chalg‘itmaslik uchun, siz u yerda faol kontent joylashtirmaysiz.

    (Bu shunchaki ball olish sharti sifatida ikkinchi akkauntga obuna bo‘lishga o‘xshaydi. Dima shunday qilgan — u reelsmentor nomli ikkinchi akkaunti bilan o‘yin ishga tushirgan, u yerda faqat reels joylashtirib, ularni storis'da repost qilgan.
    Blogning o‘sishi shu qadar keskin bo‘ldiki, reels’lari “rekka”ga chiqib ketdi. O‘yin davomida bu unga +700 ta obunachi olib kelgan.)

    2. Hamkorlikdagi sodiqlik dasturi

    Agar sizda o‘z Instagram do‘koningiz bo‘lsa, siz brend bilan birlashib, umumiy o‘yin tashkil qilishingiz mumkin.
    Bu o‘yinda ikkala akkauntning obunachilari ikkala brendga obuna bo‘lib ball to‘plashadi, so‘ngra bu ballarni birgalikda kelishilgan sovg‘alarga almashtirishadi.

    (Masalan, klub kartasi: turli joylarga tashrif buyurganingizda ball to‘playsiz va keyin bu ballarni ushbu sodiqlik dasturiga ulangan istalgan joyda almashtirasiz. [“Sberbankdan rahmat” bonusi kabi].)



    Shu bilan tamom.

    Agar ushbu qo'llanmani o‘qib chiqqaningizdan keyin ham sizda savollar tug'ilsa — texnik qo‘llab-quvvatlash markazimizga yozing, biz sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz 😌

Did this answer your question?