1. Tanlov
Bu usul geymifikatsiyani qisqa vaqt ichida (7 kungacha) auditoriya faolligini oshirish uchun ishlatishga imkon beradi.
U ayniqsa blogda biror mahsulot (masalan, onlayn kurs) sotuvi davomida foydali bo‘ladi.
Odatda, savdo paytida blogdagi faollik pasayadi, ammo bu vosita sizga jalb qilishni saqlab qolish va maksimal ''oxvatga'' erishish imkonini beradi.
O‘yin davomida siz mahsulotning qiymatini kontent orqali ochib berasiz, sovrin sifatida esa chegirmalar, promokodlar, bepul ishtirokni taklif qilishingiz mumkin.
Ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar:
O‘yinda birinchi o‘rinlarni egallaganlar uchun sovrinlar o‘ylab toping. Qanchalik ko‘p ball bo'lsa — shunchalik qimmatli sovrin.
Kontent bilan harakat qilgan foydalanuvchilarga ball beriladigan o‘yin yarating.
Bot'larni sozlang — ular foydalanuvchilarga to‘plangan ballar haqida avtomatik xabar yuboradi va o‘yinni eslatib turadi.
O‘yinda ishtirok etish uchun foydalanuvchilar sizga Direkt’da kalit so‘zni yozishlari kerak.
O‘yin qoidalari va sovrinlarini storis, reels va jonli efirda e’lon qiling.
⚠️ Bunday o‘yinni 7 kundan ko‘proq davom ettirmaslik tavsiya qilinadi. Bu vaqtda ballar bo‘yicha yetakchilar allaqachon shakllanadi va qolgan foydalanuvchilarda ishtirok etish istagi pasayadi.
Kutilayotgan natijalar:
Jalb qilish o‘sadi, ilgari passiv bo‘lgan obunachilar yana sizga yozishni boshlaydi.
''Oxvatlar'' kamida 1,5–2 barobar oshadi (beta-testerlar natijalariga asoslanib).
Tavsiyalar orqali yangi obunachilar va mijozlar paydo bo‘ladi.
Misol (play tugmasini bosing):
2. Tanlov + Sodiqlik dasturi
Agar siz o‘yinni bir haftadan ko‘proq davom ettirmoqchi bo‘lsangiz va shu bilan birga auditoriyaning faolligini saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz — bu yechim aynan siz uchun.
Sodiqlik dasturida yutqazuvchilar yo‘q: hamma belgilangan miqdorda ball to‘plagan taqdirda sovg‘a oladi.
Sovg‘a misollari: doimiy sotuvdagi mahsulotlarga chegirma, chek-listlar, promokodlar, bepul darslar, maslahatlar, yopiq chatlarga kirish va boshqalar.
Ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar:
Tanlov o‘yini yarating, unda reytingdagi sovrinli o‘rinlardan tashqari, har bir ishtirokchi ma’lum miqdorda ball yig‘gan taqdirda sodiqlik sovg‘asini oladi.
Bot orqali sodiqlik sovg‘asi haqida ogohlantirish berilishi uchun, avtomatizatsiya konstruktorida “gamifikatsiya ballari” shartini qo‘shing.
Foydalanuvchi “ballar” deb yozgach, bot ularning reytingdagi o‘rnini tekshiradi.Bu turdagi o‘yin bir haftadan ko‘proq davom etishi mumkin, chunki unda motivatsiya bo'lib sovg‘a olish imkoniyati davomida saqlanib turadi.
Kutilayotgan natijalar:
Mahsulotingizga yanada ko‘proq obunachilarni jalb qilasiz.
Sodiqlik dasturi vabonuslar orqali savdolar sonini oshirasiz — bu ballar mahsulotlarga almashtiriladi.
Tavsiyalar orqali yangi auditoriya va mijozlarni jalb qilasiz.
Misol (play tugmasini bosing):
3. Sodiqlik dasturi
Bu g‘oya tijorat akkauntlari, Instagram-do‘konlar va onlayn maktablar uchun mos — o‘rtacha chekni oshirish va mijozlarni ushlab qolish uchun ishlatiladi.
Ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar:
Blogingizdagi har bir faollik uchun foydalanuvchilarga ball beriladigan o‘yin yarating.
Har bir obunachiga noyob promokod belgilang va uni boshqa foydalanuvchilarni blogga jalb qilgani uchun ball berishda ishlating.
Ma’lum miqdordagi ball to‘plangach, foydalanuvchilarga avtomatik ogohlantirish yuboriladi — chegirmalar, merch, darsliklar, aksessuarlar va boshqalar.
Foydalanuvchilar sizni storis'da belgilashadi, blogga yangi obunachilar olib kelishadi, jonli efirlaringizni tomosha qilishadi — siz esa o‘sha efirda mahsulotingiz qiymatini ochib berasiz yoki promokodni o'yinga qo'yasiz.
Kutilayotgan natijalar:
Obunachilar tezroq mijozga aylanishadi va ballar evaziga chegirmalar olish imkoniyati tufayli ular ko‘proq va tez-tez xaridlar qilishadi.
Tavsiyalar orqali blogga yangi obunachilar keladi.
Misol (play tugmasini bosing):
4. Kviz-bot + Sodiqlik dasturi
Yuqorida tavsiflangan sodiqlik dasturiga qo‘shimcha ravishda, siz interaktiv bot yaratishingiz mumkin — u to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblar uchun ball beradi yoki ball olib tashlaydi.
Kviz-bot auditoriyani mahsulot yoki xizmat bilan chuqurroq tanishtirish uchun ajoyib vositadir.
Ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar:
Masalan, siz o‘z onlayn maktab akkauntingizda o‘yin boshlaysiz va obunachilarga muayyan mavzu bo‘yicha bilimlarini sinab ko‘rishni taklif qilasiz.
Testdan xatosiz o‘tganlarga siz sovg‘a berasiz.
Qancha kreyativ bo‘lsa, shuncha yaxshi. Botni o‘ziga xos personaj sifatida yaratish mumkin — masalan, Kapitan Jek Vorobey yoki Xarli Kvin.
Bot'ga memlar, komikslar, syujetli chiziqlar, kulgili so‘zlar qo‘shing.
Kutilayotgan natijalar:
Auditoriyani hayratda qoldirasiz va ularning jalb etilish darajasini oshirasiz.
Mahsulot yoki xizmatga qiziqishni o‘ziga xos formatda kuchaytirasiz va ko‘proq sotuvga erishasiz.
Misol (play tugmasini bosing):
5. Qora juma
Bu o‘yinni chegirmalar avjga chiqqanda — masalan, ''Qora juma'' kunlarida — o‘tkazish mumkin.
Ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar:
3 kunlik o‘yin yarating, unda profilingizdagi har bir faollik uchun juda ko‘p ball taqdim etasiz.
Kerakli ball miqdoriga yetgan har bir obunachi katta chegirmaga ega bo'ladi.
O‘yin davomida iloji boricha ko‘proq Reels, postlar joylashtiring, jonli efirlar o‘tkazing — foydalanuvchilar ball to‘plash uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishadi.
Efirda izoh qoldirganlarga promokodli xabar yuborish mumkin.
Storis'ga yashirin kalit so‘zlarni joylashtiring — topgan obunachilar qo‘shimcha ball olishadi.
O‘yinning yakuniga yaqin maxsus takliflar va yangiliklar bilan xabarlar yuboring. 3 kun ichida siz maksimal miqdordagi ochiq dialoglar to‘plashga ulgurasiz.
Kutilayotgan natijalar:
''Oхvаtlarning'' sezilarli o‘sishi.
Ko‘plab avtomatlashtirilgan sotuvlar.
Misol (play tugmasini bosing):
6. Blogerlar bilan hamkorlikdagi geymifikatsiya
Agar sizda o‘xshash maqsadli auditoriyaga ega tanish blogerlar bo‘lsa, bu portlovchi g‘oya sizning har biringizga katta hajmdagi yangi auditoriya, ''oxvat'' va savdolar olib kelishi mumkin.
Ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar:
Siz o‘z maqsadli auditoriyangizga mos bir nechta blogerlarni ChatPlace’ga taklif qilasiz, ularning barchasi uchun bir xil ball berish shartlarini sozlaysiz va yagona turnir jadvali havolasini olasiz.
Har bir bloger o‘z profilida o‘yinni e’lon qiladi, qoidalar haqida gapiradi. Qoidalarning bir qismi — o‘yinda qatnashish uchun barcha tashkilotchi blogerlarga obuna bo‘lish.
Sovrinli o‘rinlar va ball uchun sovg‘alarni e’lon qilasiz — va o‘yin boshlanadi.
O‘yin davomida siz va blogerlar btrgalikda foydali jonli efirlar o‘tkazasiz. Efir davomida izohlar uchun ball berasiz, auditoriyani interaktiv bot'larga jalb qilasiz, mahsulotingizga nisbatan ishonch hosil qilasiz.
Kutilayotgan natijalar:
Auditoriyada “wow-effekt” paydo bo‘ladi.
Har bir bloger ko‘plab yangi obunachilar oladi.
Reels’lar izohlar soni ko‘pligi sababli ko‘plab ''prosmotrlar'' yig‘adi.
Jonli efirlarda mahsulotni yaxshi yoritib berish natijasida har bir blogerda savdolar oshadi.
Misol (play tugmasini bosing):
7. Tasodifiy sovg‘alar / Yashirin Santa
Bu — auditoriyani jalb qilish va 7 kun davomida ularga birinchi bo‘lib Direkt’da yozish imkonini saqlab qolishning original usuli.
Ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar:
Kuniga bir marta ishga tushadigan chat-bot yaratasiz.
U qandaydir harakat (reaksiya, izoh, trigger-so‘z) asosida ishga tushadi va foydalanuvchiga bir xil emojilardan iborat tezkor javoblar yuboradi — 🎁🎁🎁🎁.
Obunachi ulardan birini tanlaydi va turlicha ball yoki promokod, bepul material oladi.
Ayrim sovg‘alarga siz topshiriqlarni yashirishingiz mumkin. Masalan:
“Storis'da belgilang — qo‘shimcha ball oling”
yoki “Blogimga 10 ta obunachi olib keling — bonus oling”.
7 kun davomida obunachilar bot'ni ishga tushiradilar, har kuni u yerda yangilik kutadi.
Eng ko‘p ball to‘plaganlarga — qimmatbaho sovg‘alar.
Qolganlar esa o‘yin davomida to‘plagan bonuslardan mamnun bo‘lishadi.
Kutilayotgan natijalar:
''Oхvatlar'' o‘sadi.
Siz 7 kun davomida ko‘plab obunachilar e’tiborini ushlab turasiz va ularga Direkt’da xabarlar yozishingiz mumkin.
Obunachilar topshiriqlarni bajargani uchun yangi auditoriyani olib kelishadi.
Misol (play tugmasini bosing):
8. Jonli efirlar marafoni
Eng ko‘p ballarni — barcha jonli efirlarda ishtirok etganlar oladi.
Ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar:
Shaxsiy yoki boshqa blogerlar bilan birgalikda geymifikatsiya o‘yinini yarating.
Qoidalar juda oddiy: storis'larga javob berish, profilingizni belgilash va jonli efirlarda qatnashish.
Har bir efirda izohlar uchun ball va sovg‘alar berasiz.
Foydalanuvchilarga teglar biriktirasiz: har bir efir = 1 ta yangi teg.
Natijada, 7 ta teg yig‘ganlar, ya’ni barcha efirlarda ishtirok etganlar super-sovg‘alarni olishadi:
yopiq ''mastermind guruhiga kirish, yopiq chat, kursga katta chegirma va boshqalar.
Kutilayotgan natijalar:
Avval passiv bo‘lgan obunachilarni efirlar orqali jalb qilasiz.
Mahsulot va xizmatlaringiz qiymatini yanada chuqurroq ochib berasiz — bu esa ko‘proq sotuvlar olib keladi.
9. Instagram’da kross-marketing
Bu format sizda Instagram-do‘kon, onlayn maktab yoki boshqa tijorat blogi bo‘lsa juda mos keladi.
Ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar:
Maqsadli auditoriyangizga o‘xshash, lekin sizga raqobatchi bo‘lmagan akkauntlarni toping.
Masalan: ozishga ixtisoslashgan onlayn maktab + fitnes jihozlari, sport kiyimlari yoki ovqatlanish do‘koni.
Birgalikdagi gamifikatsiya ishga tushiring va uni har bir akkauntda e’lon qiling.
Sovg‘alar sifatida sizning mahsulotlaringiz, xizmatlaringiz, kurslaringiz yoki aksessuarlaringiz bo‘lishi mumkin.
Kutilayotgan natijalar:
Obunachilar bilan almashinish.
Oхvatlar, jalb etilish va savdolarni oshirish.
10. Reels ko‘rish uchun bonus
Har bir Reels ichida maxfiy so‘z yashiringan bo‘ladi. Uni yozganlar — qo‘shimcha ball olishadi.
Bu g‘oya — akkauntingizni rivojlantirish va yangi obunachilarni Reels orqali jalb qilish uchun juda mos keladi.
Ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar:
Profilingizdagi faollik uchun ball beriladigan o‘yin yarating.
Eng ko‘p ball esa — Direkt’ga maxsus so‘z yozganlar uchun.
Har bir videoda siz kalit so‘zning harflarini tarqoq joylashtirasiz.
Obunachilar bu harflarni topish va so‘zni to‘liq yig‘ish uchun videoni bir necha bor ko‘rishadi — bu esa video ko‘rishlar sonini oshiradi va uni virusli qiladi.
Obunachi bu so‘zni Direkt’ga yozgach — eng ko‘p ballni qo'lga kiritadi.
Va siz bu o‘yinni bir hafta davomida o‘tkazasiz.
Kutilayotgan natijalar:
''Oхvatlar'' oshadi.
Jalb etilish darajasi oshadi.
Ko‘plab yangi auditoriyani Reels va belgilashlar orqali jalb qilasiz.