Skip to main content

Harakat: O‘zgaruvchinini o‘rnatish

avtomatizatsiya konstruktorida o‘zgaruvchilarga qanday qiymat beriladi va ular qanday o‘zgartiriladi

Ш
Written by Шах Тураев
Updated over 2 weeks ago

O‘zgaruvchilar nima va ular nima uchun kerak?

O‘zgaruvchilar — bu mijozning matnli xabarlarini saqlash yoki unga maxsus qiymatlarni biriktirish imkonini beruvchi maxsus vosita bo‘lib, bu ma’lumotlarni keyinchalik avtomatlashtirish jarayonida ishlatish mumkin.

Bu, xuddi ma’lumotlar uchun “katakcha”ga o‘xshaydi: siz unga mijozning javobini “yozishingiz” yoki tanlovini belgilashingiz mumkin. O‘zgaruvchining qiymati mijozning harakatlariga qarab va avtomatizatsiya ssenariysi davomida o‘zgaradi.

Ushbu ko‘rsatmada o‘zgaruvchini yaratish, uning qiymatini o‘zgartirish hamda “O‘zgaruvchini o‘rnatish” harakati yordamida qanday ishlatilishini ko‘rib chiqamiz.

Tizimda allaqachon mavjud bo‘lgan rezerv qilingan o‘zgaruvchilar mavjud — ularning qiymatini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ular mijoz profilidan yoki gamifikatsiya turnir jadvalidan olinadigan ma’lumotlarni ifodalashi mumkin.

➡️ Bunday o‘zgaruvchilar haqida batafsil: O‘zgaruvchilar bilan ishlash maqolasida tanishing.


O‘zgaruvchilarning qiymatini istalgan vaqtda yangilash mumkin — bitta o‘zgaruvchiga turli ma’lumotlarni qayta yozish mumkin, bunda oldingi qiymat butunlay o‘chadi. Bu imkoniyat bir xil o‘zgaruvchini avtomatizatsiyaning turli bosqichlarida ishlatishga yordam beradi.


Matn ichidagi o‘zgaruvchilar jingalak qavslar bilan belgilanadi: {{ o‘zgaruvchi }}
Mijozga yuboriladigan xabarda bu joyga o‘zgaruvchiga yozilgan haqiqiy qiymat avtomatik tarzda qo‘yiladi.


O‘zgaruvchilar ChatPlace tizimida juda muhim ahamiyatga ega, chunki ular quyidagilarga yordam beradi:

• Mijozlar haqidagi ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish (masalan: ismi, yoshi, qiziqishlari va h.k.).

• Ushbu ma’lumotlarni boshqa tizimlarga uzatish (masalan, CRMga yoki Telegram’dagi xabarnomalar orqali).

• Avtomatizatsiyalarda ushbu ma’lumotlar asosida muloqotni shaxsiylashtirish, ssenariylarni mijozning xatti-harakati va ma’lumotlariga moslashtirish.

⚠️ Muhim! O‘zgaruvchilarga faqat matnli ma’lumot yozish mumkin. Audio, rasm, video yoki hujjatli fayllarni o‘zgaruvchiga saqlab bo‘lmaydi.

Shuningdek, bir xil o‘zgaruvchiga har safar yangi qiymat yozilganida, avvalgi qiymat avtomatik tarzda o‘chiriladi. Chunki bitta o‘zgaruvchida bir vaqtning o‘zida ikkita qiymat saqlanmaydi — u faqat oxirgi yozilgan ma’lumotni saqlaydi.


"O‘zgaruvchini o‘rnatish" harakati parametrlari

1. O‘zgaruvchini tanlash — bu mijozga birinchi marta tayinlanadigan o‘zgaruvchi yoki mijoz uchun o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan mavjud o‘zgaruvchi qiymatidir.

2. O‘zgaruvchini o‘rnatish — o‘zgaruvchiga yangi qiymat beradi.

Bu parametr yordamida matnli qiymatni yangilash yoki raqamli qiymatni nolga tushirish mumkin.


3. O‘zgaruvchi qiymatini oshirish — o‘zgaruvchining qiymatini belgilangan songa oshiradi.

Bu parametr raqamli qiymatlar bilan ishlashda foydalidir (masalan, ballarni hisoblash), agar mavjud qiymatga ma’lum miqdorda (masalan, to‘g‘ri javob uchun 1 ball) qo‘shish kerak bo‘lsa.


4. O‘zgaruvchi qiymatini kamaytirish — o‘zgaruvchining qiymatini belgilangan songa kamaytiradi.

Bu ham raqamli qiymatlar bilan ishlaydi va masalan, noto‘g‘ri javob uchun ballarni ayirishda foydalidir.

5. O‘zgaruvchi uchun qiymat — bu o‘zgaruvchiga birinchi marta yoziladigan yoki mavjud qiymat o‘rniga o‘rnatiladigan yangi qiymatdir.


Ssenariyda "O‘zgaruvchini o‘rnatish" harakatini qanday sozlash mumkin

1. Ssenariyda kerakli joyga "O‘zgaruvchini o‘rnatish" harakatini qo‘shing.

2. Foydalanmoqchi bo‘lgan o‘zgaruvchini tanlang (agar ro‘yxatda bo‘lmasa — yangi o‘zgaruvchi yarating).

3. Quyidagi parametrlar orqali kerakli qiymatni belgilang: "O‘rnatish", "Oshirish" yoki "Kamaytirish".

4. Sozlamalarni saqlash uchun ishchi maydonda bo‘sh joyga bosing.

❗ Diqqat qiling!
Yaratilgan o‘zgaruvchilarni qayta nomlash yoki o‘chirish mumkin emas, shuning uchun ular bilan ishlaganda buni e’tiborga oling.

Ba’zi holatlarda yangi o‘zgaruvchi yaratish o‘rniga mavjud o‘zgaruvchidan foydalanib, uning qiymatini o‘zgartirish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Cheksiz miqdorda o‘zgaruvchilar yaratish — ularning ichida chalkashlikka olib kelishi mumkin.


O‘zgaruvchiga yangi qiymat o‘rnatish misoli

Agar siz mijoz tanlov qilishi mumkin bo‘lgan bitta o‘zgaruvchini tanlasangiz, siz unga turli qiymatlarni biriktirishingiz mumkin. Bu qiymatni keyinchalik boshqa harakatlarda yoki xabar matnida, boshqa o‘zgaruvchilar kabi chiqarish mumkin.

Buni quyidagidek sozlash mumkin:


• Ssenariyda siz mijozga tugmalar bilan bir nechta savollar berasiz, har bir tugmada javob variantlari ko‘rsatilgan bo‘ladi.

• Har bir tugma uchun “O‘zgaruvchini o‘rnatish” harakati belgilanadi, va bu harakatda
bir xil o‘zgaruvchi tanlanadi, uning qiymati mijoz tanlagan javobga qarab o‘zgaradi.

• Har bir yangi savol uchun yangi o‘zgaruvchi yaratiladi va unga turli qiymatlar biriktiriladi.

• Zarur bo‘lsa, mijozning barcha javoblarini o‘zi uchun xabar shaklida chiqarish yoki o‘zgaruvchilar qiymatini CRM-tizimiga yoki Telegram’dagi operatorga jo'natish mumkin.

O‘zgaruvchi qiymatini oshirish va kamaytirish misoli

Masalan, bu to‘g‘ri javoblar uchun ballarni hisoblaydigan kviz bo‘lishi mumkin:

Avvalo, kviz boshida yangi o‘zgaruvchini yaratamiz va uning qiymatini "0" deb belgilaymiz. Bu shuning uchun kerakki, agar mijoz kvizni bir necha marta topshirsa — avvalgi ballar yig‘ilmasligi uchun.
Masalan, o‘zgaruvchining nomi "Ballar" bo‘lsin.


Ssenariyada siz mijozga bir nechta savol berasiz.
Har bir to‘g‘ri javob uchun “Ballar” o‘zgaruvchisining qiymatini 1 taga oshirasiz.
(Agar kerak bo‘lsa — noto‘g‘ri javob uchun qiymatni kamaytirish ham mumkin.)


Oxirida natijani umumlashtirish mumkin — “O‘zgaruvchi qiymati” sharti orqali “Ballar” o‘zgaruvchisini tekshirib, mijozga mos javobni yuborish mumkin.


Endi siz o‘zgaruvchilar bilan ishlash haqida ko‘proq ma’lumotga egasiz.
Bu foydali va kuchli vositani o‘z avtomatlashtirish ssenariylaringizda faol qo‘llang!

Did this answer your question?