"[Telegram'dagi O‘yin] O‘yin" avtomatlashtirilishi ishtirokchilar uchun asosiy bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda ular topshiriqlar olishadi, do‘stlarini taklif qilishi va ballar to‘plashi mumkin. Butun jarayon bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, unga obunalarni tekshirish, referal havolalarni berish va ko'rsatilgan aktivlik uchun ballarni hisoblab berish kiradi.
Dastlab, shablon foydalanishga tayyor holatda bo‘ladi. Sizning vazifangiz - xabarlar va tugmalardagi standart havolalarni o‘zingiznikiga almashtirish, obuna va boost tekshirish shartlarini o‘zgartirish, hamda "Referal havola" harakatida oldindan qo‘shilgan "[Telegram'dagi o‘yin] Referal" shablonini tanlashdan iborat.
Quyida ushbu shablonni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Shablon qo‘shish tartibi
• Avtomatlashtirish bo‘limini oching
• Tayyor shablonlarga o‘ting
• "[Telegram'dagi o‘yin] O‘yin" shablonini tanlang
• Referal tizimi sozlanadigan akkauntni tanlang.
• "Shablon qo‘shish" tugmasini bosing.
Shundan so‘ng, xuddi shu tarzda o‘yin uchun zarur bo‘lgan barcha shablonlarni qo‘shing. Referal tizimi uchun shablonlar: [Telegram'dagi O‘yin] Referal va [Telegram'dagi O‘yin] Referal uchun ballar.
E’tibor bering! Agar o‘yinni ilk bor sozlamayotgan bo‘lsangiz, avtomatlashtirish jarayonidagi barcha teglarni yangilariga almashtiring. Bu avval ishtirok etgan o‘yinchilarning birinchi marta o‘ynayotgandek ssenariylardan o‘tishlari, qoidalar bilan tanishishlari, referallar hisoblagichini nolga tushirishlari va boshqalar uchun zarur.
Faqat uchta shablon qo‘shilgandan keyingina referal tizimini sozlashga kirishish mumkin.
Avtomatlashtirish boshlanishi
"Belgillangan teglar" sharti: Avtomatlashtirish boshida "Ishga tushirdi / Telegram" tegining mavjudligi tekshiriladi.
Agar teg mavjud bo‘lsa, foydalanuvchiga allaqachon ishtirok etayotgani va ssenariyni qayta o‘tish shart emasligi haqida xabar berish uchun "Siz o‘yindasiz" xabari yuboriladi.
Agar teg bo‘lmasa, u "teglarni qo‘shish" amali orqali o‘rnatiladi va o‘yinning asosiy ssenariysi boshlanadi.
Salomlashuv xabari
• Teg berilgandan so‘ng o‘yinda ishtirok etish taklifi bilan salomlashuv xabari jo‘natiladi.
• Agar mijoz "Boshlash" tugmasini bossa, obunaning mavjudligi tekshiriladi.
Obunani tekshirish
• Obunani tekshirish jarayoni "[Telegram'dagi o‘yin] Referal" avtomatlashtirilishiga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi.
• Obuna 3 marta tekshiriladi va agar 3 ta urinishdan so‘ng ham obuna tasdiqlanmasa, foydalanuvchi baribir ssenariyni davom ettiraveradi.
Diqqat qiling: Agar referal tizimi Telegram-bot uchun sozlanayotgan bo‘lsa, obunani tekshirish bilan bog‘liq har bir shartda o‘zingizning Telegram kanalingizni tanlashingiz zarur. Buning uchun Telegram-bot'ni kanalingiz administratorlari ro‘yxatiga qo‘shishingiz kerak bo‘ladi.
Zarur bo‘lsa, o‘yinda faqat kanal obunachilari ishtirok etishi uchun uzluksiz tekshiruv tizimini joriy qilish mumkin. Bunda takroriy tekshiruvlar uchun ko‘p marta foydalanish mumkin bo‘lgan tugmani yaratish muhim hisoblanadi:
Teg tekshirish sharti
• Obuna tekshirilgandan so‘ng, "o‘ynashga o‘tdi / Telegram O‘yin" tegi mavjudligi tekshiriladi. Bu teg "[Referal tizimi] Referal" avtomatlashtirish jarayonida beriladi.
• Agar teg mavjud bo‘lsa, foydalanuvchi o‘yin qoidalari haqidagi takroriy ma’lumotlarni o‘tkazib, keyingi bosqichga o‘tadi. Bu ushbu avtomatlashtirish tizimiga kirishdan oldin o‘yin qoidalarini bilib olgan referal ularni qayta o‘qimasligi uchun qilingan.
• Agar teg bo‘lmasa, o‘yin qoidalari va mumkin bo‘lgan sovrinlar haqida batafsil xabar yuboriladi.
Vazifalarni topshirish
Yangi o‘yinchi qoidalar bilan tanishib bo‘lgach, unga asosiy vazifalar haqida xabar yuboriladi. Xabarda ball to‘plash mumkin bo‘lgan mavjud faolliylik batafsil ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Xabarda har bir harakat uchun tugmalar mavjud:
• Do‘stni taklif qilish
• Boost berish
• Reaksiyalar
• Izohlar
Do‘stni taklif qilish - referal havola berish
"Do‘stni taklif qilish" tugmasi bosilganda, "belgilangan teglar" sharti "Havolani oldi/ Telegram o‘yin" tegi mavjudligi tekshiriladi.
Agar teg mavjud bo‘lmasa, o‘yinchi do‘stlarni taklif etish qoidalari va o‘zining noyob havolasini o‘z ichiga olgan xabarni oladi.
• "Havolani oldi / Telegram o‘yin" tegi belgilanadi va referallar sonini kuzatib borish uchun {{ referral_CP }} o‘zgaruvchisi 0 qiymat bilan o‘rnatiladi.
• Keyingi blokda "Referal havola" harakati yordamida o‘yinchi uchun noyob havola yaratiladi.
Muhim! Avtomatlashtirish turini albatta tanlang: Telegram referal/ Shablon - bu "[Telegram'dagi o‘yin] Referal" shabloni bo‘lib, uni oldindan akkauntga qo‘shib qo‘yish zarur.
Agar bu bajarilmasa, referal tizimi ishlamaydi, chunki foydalanuvchilar ChatPlace bot'iga havola oladilar.
• Havola {{ referral_link_CP }} o‘zgaruvchisi yordamida ko‘rsatiladi va o‘yinchi quyidagi tushuntirish xabarini oladi: "Mana sizning havolangiz, uni do‘stlaringizga yuboring!"
O‘yinchi o‘zining referal havolasini olgandan keyin ikkinchi faollik boshlanadi: foydalanuvchi o‘z ovozini bergan yoki bermaganligini tekshirish. Bu tekshiruv "Belgillangan teglar" sharti orqali amalga oshiriladi.
• Havola berilgandan so‘ng, 30 daqiqalik kutish vaqti o‘rnatiladi va zanjirning aylanma qismini tekshirish boshlanadi. Bu yerda kuniga bir marta o‘yinchining kanal uchun ovoz bergan-bermagani tekshiriladi.
• Agar "Ovoz berdi / Telegram o‘yin" belgisi qo‘yilmagan bo‘lsa, o‘yinchiga kanal uchun ovoz berish (boost) taklifi bilan eslatma yuboriladi. Shundan so‘ng bir kunlik tanaffus bo‘ladi, keyin yana tekshiruv o‘tkaziladi va shu tarzda o‘yin tugaguncha yoki foydalanuvchi kanalingizga berguncha davom etadi.
Faollik: ''Boost'' berish
"Boost berish" tugmasi bosilgandan so‘ng, o‘yinchiga qoidalar yozilgan xabar yuboriladi: "Ushbu kanal uchun ovoz bering va 150 ball qo‘lga kiriting!''
"Ovoz (boost)" sharti tekshiriladi:
Muhim! "Ovoz (boost)" shartida albatta o‘z kanalingizni tanlashingiz kerak:
• Agar shart bajarilmagan bo‘lsa (o‘yinchi hali ovoz bermagan bo‘lsa), "boost uchun ball olish" tugmachasi bilan eslatma yuboriladi.
• Agar shart bajarilsa, "Ovoz berdi / Telegram'dagi o‘yin" belgisi mavjudligi tekshiriladi
• Agar teg allaqachon o‘rnatilgan bo‘lsa, to‘plangan ballar haqidagi ma’lumot xabari ko‘rsatiladi.
• Agar teg bo‘lmasa, u o‘rnatiladi va o‘yinchiga to‘plangan ballar miqdori (150 ball) haqida xabar yuboriladi. Oxirida "Geymifikatsiya ballari" harakati orqali 150 ball qo‘shiladi.
Faollik: Reaksiyalar
• O‘yinchi "Reaksiyalar" tugmasini bosganida, Telegram kanalidagi postlarga reaksiya bildirish orqali qanday qilib ball yig‘ish mumkinligi haqida xabar yuboriladi. Reaksiyalar uchun beriladigan ballar soni geymifikatsiya sozlamalariga bog‘liq bo‘ladi.
Faollik: Izohlar
• "Izohlar" tugmasi bosilganda, o‘yinchiga izohlar qoidalari haqida quyidagi ma’lumotlar yuboriladi:
• Izohlarda qoldirish mumkin bo‘lgan belgilar soni chegarasi.
• Izohlar uchun qancha ball olish mumkinligi.
• Izohlar inobatga olinishi mumkin bo‘lgan holatlar
Avtomatlashtirishni yakunlash
Vazifalar berilganidan so‘ng oxirgi bosqich - o‘yinchiga o‘z o‘yin statistikasini qanday bilishi mumkinligi haqida xabar yuboriladi. Buning uchun o‘yinchi boshqa, maxsus avtomatlashtirish tizimidan foydalanib, tegishli so‘rovni yozishi kerak:
Ishga tushirish triggerini sozlash
O‘yin uchun barcha avtomatlashtirish jarayonlarini sozlab bo‘lgach, triggerni sozlash mumkin. Trigger avtomatlashtirish konstruktorining yuqori o‘ng burchagida sozlanadi:
Odatda, bu avtomatlashtirish asosiy hisoblanadi, shuning uchun ishga tushiruvchi /start yoki o‘yin bo‘lishi mumkin.
Avtomatlashtirish ishga tushirish triggerlari haqida batafsil ma’lumot.
Ushbu avtomatlashtirish o‘yinchilarga turli vazifalarni bajarishga va ballar to‘plashga samarali tarzda motivatsiya beradi, shuningdek, referal tizimi orqali yangi ishtirokchilarni jalb qilishni ta’minlaydi
O‘yinchilarning qiziqishini yanada oshirish uchun qo‘shimcha ravishda turli xil vazifalarni o‘ylab topishingiz mumkin.