Skip to main content

Harakat: Teg qo‘shish / Tegni olib tashlash

avtomatlashtirish konstruktorida teglarni yaratish, belgilash va o‘chirish

Written by Alex Juna

Teglar — bu mijozlarni belgilash va segmentatsiya qilish uchun kuchli vositadir.
Ular foydalanuvchilarning avtomatlashtirishdagi harakatlarini kuzatishga yordam beradi hamda keyingi ishlov berish uchun mijozlarni filtrlash imkonini beradi.
​
Ushbu yo‘riqnomada biz teglarni qanday yaratish, tahrirlash va ishlatishni,
shuningdek, “Teg qo‘shish” va “Tegni olib tashlash” harakatlaridan
sssenariylarda qanday foydalanishni ko‘rib chiqamiz.
​

Tegni qanday yaratish va tahrirlash mumkin

Yangi teg yaratish uchun:
​

1. “Harakat” blokini yarating va “Teg qo‘shish” amalini tanlang

2. Teg nomini yozing — agar bunday nomdagi teg hali mavjud bo‘lmasa, tizim uni yaratishni taklif qiladi

3. Sozlamalarni saqlash uchun ishchi maydonda bo‘sh joyga bosing
​

Teglarni faqat bot muallifi ko‘radi, mijozlar esa ularni ko‘rishmaydi.
Shuning uchun nomlar istalgancha bo‘lishi mumkin — eng muhimi, ular axborot beruvchi va tushunarli bo‘lishi kerak.

Teglarni tahrirlash va o‘chirish:
​

• Ro‘yxatdan kerakli tegni tanlang va uch nuqtani bosing, so‘ng teg sozlamalarini oching.

• Zarurat bo‘lsa — teg nomi va rangini o‘zgartiring.

• Sozlamalarni saqlash uchun ishlaydigan maydonda bo‘sh joyga bosing.
​

• Nomni o‘zgartirish — agar teg nomi o‘zgartirilsa, u shu teg belgilangan barcha mijozlarda ham yangilanadi.
​

• Rangni o‘zgartirish — bu teglarni tartib bilan ajratib turishga yordam beradi.
​

• O‘chirish — teg butunlay servisdan o‘chiriladi, hatto u birortaning kartochkaga belgilangan bo‘lsa ham.

Teglarni belgilashni qanday sozlash mumkin:


1. “Teg qo‘shish” harakatini yarating
2. Ro‘yxatdan kerakli tegni tanlang

3. Ishlaydigan maydonda bo‘sh joyga bosing — sozlamalar saqlanadi

4. Mijoz ssenariyning shu qismidan o‘tgach, teg avtomatik tarzda uning kartasiga belgilanadi.
​


​
Oldin belgilangan teglarni o'chirishni sozlash


1. “Tegni o'chirish” harakatini yarating

2. Ro‘yxatdan kerakli tegni tanlang

3. Mijoz ssenariyning shu qismidan o‘tgach — teg uning kartasidan o‘chiriladi.
​


​
​Teg qo‘shishning qo‘shimcha usullari

“Teg qo‘shish” harakatidan tashqari, teglarni quyidagicha ham belgilash mumkin:
​
​1. Tugma orqali havolaga o‘tishda:
​

• Tugma sozlamalar menyusini ochish uchun tugmani bosing.

• Tugma harakati sifatida “Havola orqali o‘tish”'ni tanlang
• Tugma bosilganda ochilishi kerak bo‘lgan havolani kiriting
• “Kliklarni kuzatib borish” parametrini yoqing — tugmani bosish holatlari qayd etiladi
• “Klik orqali teglarni belgilash” parametrini yoqing va kerakli tegni tanlang
​


Agar foydalanuvchi havoladagi tugmani bossa — unga teg belgilanadi.

Bu orqali havola bo'yicha o‘tayotgan barcha mijozlarni qayd etish va o‘tmaganlar uchun eslatmalarni sozlash mumkin bo‘ladi.
​

2. Mijoz kartasida — teglarni qo‘lda qo‘shish yoki olib tashlash:
​

Buning uchun:

Mijozni “Chatlar” yoki “Kontaktlar” bo‘limidan toping

Uning ustiga bosing — mijoz kartasi ochiladi

Shundan so‘ng teglar bilan ishlang: qo‘shing yoki olib tashlang
​


3. Avtomatlashtirishni ishga tushirish uchun referal havola yaratishda:
​


Teglardan avtomatlashtirish konstruktorida foydalanish misollari

1. Tugmaga bosishni qayd qilish va mijozlarni segmentatsiya qilish:
• Kontakt tomonidan tugmaga bosilganini yoki tanlov qilinganini qayd etish uchun — xabardagi tanlov tugmasiga alohida teg belgilang.
​

💡Maslahat: Teglar uchun operator va mijozga foydali bo'ladigan, ishlashda zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni aks ettiradigan nomlarni tanlang.
​

Diqqat! O‘zgaruvchi qiymatlaridan farqli o‘laroq, teglar mijozlar bazasini eksport qilishda yuklab olinadi.

• Kelajakda “Belgilangan teglar” sharti orqali har bir mijoz toifasi uchun alohida takliflar berish yoki ularni ssenariyda turli yo‘nalishlarga ajratish mumkin bo‘ladi.
​


​2. Qayta o‘tishga taqiq:
​

Teg qo‘shish va “Belgilalangan teglar” sharti orqali foydalanuvchilarning ssenariyning ayrim qismlaridan qayta o‘tishini taqiqlash mumkin.

Masalan, “Belgilangan teglar” sharti yordamida teg mavjudligini tekshirish mumkin va agar teg allaqachon mavjud bo‘lsa — mijozni keyingi bosqichga o‘tkazmaslik kerak.
​

Foydalanish variantlaridan biri:
​

— avtomatlashtirishda test sozlanadi
— testdan oldin, masalan, “Testdan o‘tmoqda” degan teg mavjudligini tekshiramiz
— agar teg bo‘lsa — hech narsa yuborilmaydi yoki mijozga kirish taqiqlangani haqida xabar yuboriladi
— agar teg bo‘lmasa — “Teg qo‘shish” harakati orqali mijozga teg belgilanadi

Agar mijoz testni boshlagan bo‘lsa-yu, lekin oxiriga yetib bormagan holda boshidan qayta boshlamoqchi bo‘lsa — bot unga bu mumkin emasligini eslatib qo'yadi.
​

mijoz testning oxiriga yetgach — “Tegni olib tashlash” harakati yordamida test boshida bielgilangan tegni o‘chirib tashlaymiz. Shundan so‘ng mijoz ssenariyni yana boshidan o‘tib, natijasini yaxshilashi mumkin bo‘ladi.
​


​3. Mijoz avtomatlashtirishda ma’lumot qoldirganini qayd etamiz
​

Diqqat qiling: “Harakat” blokidagi barcha harakatlar bir vaqtda bajariladi.
​
Shuning uchun, agar teg mijozga faqat qandaydir harakatdan so‘ng belgilanishi kerak bo‘lsa — tegni alohida blokda qo‘shish kerak.
​

Masalan, agar foydalanuvchi haqiqatan ham telefon raqamini qoldirganini qayd etmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki shu bo‘limga yetganini emas, balki :

— avval Mijozdan ma’lumot yig‘ish harakatini sozlang
— so‘ngra alohida blokda “Teg qo‘shish” harakatini belgilang
​
​


Teglar — bu moslashuvchan vosita bo‘lib, vazifangizga qarab turli usullarda ishlatilishi mumkin.
Ularni ssenariylarga qo‘shib ko‘ring — bu mijozlar bilan ishlashni avtomatlashtirish va ma’lumotlarni tahlil qilishni soddalashtiradi.
​

Did this answer your question?