"Chatlar" bo‘limida Chatplace’ga ulangan barcha akkauntlaringizdagi yozishmalar jamlanadi.
Bundan tashqari, agar izohlar uchun avtomatik javoblar sozlangan bo‘lsa, bunday suhbatlar ham xabarlarda paydo bo‘ladi, chunki avtomatik javob foydalanuvchiga xabar sifatida yuborilishi mumkin.
Joylashuvi. Ekranning chap tomonidagi menyudan "Chatlar" bo‘limini topasiz. Bu yerda Chatplace’ga ulangan barcha Instagram va Telegram akkaunlaridagi xabarlar va suhbatlar saqlanadi.
Avtomatlashtirish orqali foydalanuvchi bilan muloqot qanday ko‘rinadi:
E’tibor bering. Tugma bosilganda maxsus belgi paydo bo‘ladi:
shu sababli foydalanuvchi qachon tugmani tanlaganini va qachon matn yozganini doimo bilib turasiz.
"Ochiq", "Yopiq" va "Kategoriyasiz" ko‘rinadigan chatlarni qanday boshqarish mumkin
Agar akkauntlarga kelgan barcha xabarlarni ko‘rishni istasangiz, "Kategoriyasiz" parametrini tanlang.
Boshqa parametrlar nima uchun javobgar:
• Ochiq - jonli odam bilan, masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar yoki chatda bo‘lgan barcha yozishmalar.
• Yopiq - foydalanuvchining birinchi muloqoti chat-bot yoki avtomatlashtirish tizimi bilan bo‘lgan suhbatlar. Muloqot allaqachon tugallangan va odatda qo‘shimcha harakatlar talab qilinmaydi.
Masalan, yopiq suhbat odatda shunday ko‘rinishda bo‘ladi:
Suhbatni davom ettirish va mijozga xabar yozish uchun "Ochish" tugmasini bosing.
Agar suhbat allaqachon yakunlangan bo‘lsa va xabarlarni kuzatishga hojat qolmasa, "Chat'ni yopish" mumkin:
Filtr nima uchun kerak
Qidiruv oynasi yonidagi filtrni bosib, quyidagilarni tanlash mumkin:
• ma'lum bir kanal:
• aniq bir akkaunt:
Filtrlangandan so‘ng faqat alohida kanal yoki hisob orqali kelgan xabarlar ko‘rsatiladi. Bu yangiliklar yoki chegirmalar bilan bog‘liq alohida hisobdagi xabarlarni tahlil qilish kerak bo‘lganda qulay.
Shuningdek, filtr qo‘shib, muayyan teglarni tanlash mumkin. Shunda ro‘yxatda faqat teg bilan belgilangan xabarlar qoladi.
"Suhbatlar"da foydalanuvchiga nimani va qanday qilib yuborish kerak
ChatPlace’da matn yuborish va formatlash uchun barcha zarur parametrlar mavjud.
Nimalarni yuborish mumkin:
• fayllar (masalan, PDF);
• ovozli xabarlar (ovozli xabar faylini biriktirish kerak bo‘ladi);
• kulgichlar (emoji) (standart to‘plam mavjud);
• o‘zgaruvchilar (agar foydalanuvchi ekranga biror narsani chiqarmoqchi bo‘lsa - masalan, o‘z ismini).
Instagram’da qo‘shimcha ravishda reaksiyalar va postlar yuborish mumkin
Shuningdek, Telegram’da muloqot qilish uchun matnni formatlashning barcha standart vositalari mavjud:
• qalin;
• qiya (kursiv);
• chizilgan;
• tagiga chizilgan;
• giperhavola.
Xabarlarni o‘zingizga qulay va brendingizning ToV’siga mos ravishda shakllantira olasiz.
Shu yerning o‘zida Sun’iy Intellekt assistentidan foydalanib, matnni o‘zgartirish mumkin. Masalan, quyidagilarni bajarish mumkin:
• yaratish;
• qayta ifodalash;
• to‘ldirish;
• qisqartirish;
• ohangini o‘zgartirish;
• xatolarni tuzatish.
Sun’iy Intellekt yordamida matn muharririning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni "Matn bilan ishlash uchun Sun’iy Intellekt assistenti" qo‘llanmasidan olishingiz mumkin. Bitta xabarda nechtagacha belgidan foydalanish mumkin:
Telegram - 1000 tagacha belgi;
Instagram - 500 tagacha belgi.
Foydalanuvchi ma’lumotlari va statuslari
Yuqorida mijoz haqidagi ma’lumot kartochkasi joylashgan. Unda quyidagi ma’lumotlar saqlanadi:
• akkaunt - foydalanuvchi hisobiga bosiladigan havola;
• obuna - bor/yo‘q, foydalanuvchi sizning Instagram hisobingizga obuna bo‘lganmi;
• obunachilar soni - foydalanuvchining qancha obunachisi bor;
• status (muloqot oynasi) - chat-botga obuna bo‘lgan/bo‘lmagan, foydalanuvchi avtomatik xabarlarni qabul qila oladimi.
• belgilangan - agar chatlaringizda bir vaqtning o‘zida bir nechta operator ishlayotgan bo‘lsa, ular orasidan ushbu muloqotni olib boradigan muayyan operatorni tanlashingiz mumkin.
Shu yerning o‘zida tugmani bosib, mijoz bilan "Chat'ni yopish"ni amalga oshirishimiz mumkin.
Quyidagi statuslar bo‘lishi mumkin:
• obuna bekor qilingan - foydalanuvchi botni bloklagan va unga xabarlar yuborish mumkin emas
• obuna bo‘lgan - xabarlar yuborish va avtomatlashtirish jarayonlarini ishga tushirish mumkin
Shuningdek, foydalanuvchi sahifaga obuna bo‘lmagan holda, chat-bot yoki avtomatlashtirish tizimiga obuna bo‘lishi mumkin.
Bu quyidagicha ko‘rinadi:
Pastda "Teglar" bo‘limi joylashgan. Ularni har bir foydalanuvchiga kerakli paytda qo‘shish mumkin.
Undan pastroqda mijozning ma’lumotlar bloki keltirilgan:
Agar foydalanuvchi "Ma’lumotlarni yig‘ish" orqali ma’lumot qoldirgan bo‘lsa, bu blokda ular aks etadi. Bunga elektron pochta, telefon raqami va foydalanuvchining bir matnli kiritmalari kiradi (masalan, o‘zi haqidagi izoh, agar u yozgan bo‘lsa).
Quyida keltirilganlarning barchasi avtomatlashtirish tizimidan yuklanadigan o‘zgaruvchilardir.
"Foydalanuvchi ma’lumotlarini qanday yig'ish" haqida batafsil ma’lumotni qo'llanmadan olishingiz mumkin.
Diqqat qiling. Har bir suhbatda foydalanuvchining chat-bot yoki hisobdan obunani bekor qilgan sanasini ko‘rish imkoniyati mavjud.
Foydalanuvchilarni qanday qidirish kerak
"Chatlar" bo‘limida ma'lum bir foydalanuvchilarni qidirish uchun maxsus maydon mavjud. Kerakli foydalanuvchini topish uchun ushbu maydonga uning foydalanuvchi nomi yoki ismini kiritish lozim. Qidiruv kirill va lotin alifbosida amalga oshirilishi mumkin. Kerakli suhbatni aniq topish uchun "Kategoriyasiz" parametrini belgilashni unutmang.