Skip to main content

Foydalanuvchini avtomatlashtirish zanjiriga qanday qaytarish mumkin

Mijoz uchun avtomatlashtirishni mustaqil ravishda qanday ishga tushirish mumkin

Timur Tagiev avatar
Written by Timur Tagiev
Updated this week

Agar biror narsa sodir bo‘lib, foydalanuvchi ssenariyni to‘xtatsa yoki davom ettirmasa, ushbu yo‘riqnoma uni avtomatlashtirishga qaytarishga yordam beradi. Siz o‘zingiz haqingizda eslatib, foydalanuvchini voronkaga qayta jalb qilishingiz mumkin.

Mijoz uchun avtomatlashtirishni ishga tushirish ommaviy xabar orqali amalga oshiriladi.

Ommaviy xabarlar haqida batafsil ma’lumot


Chatlarga teg qanday qo‘shiladi

Foydalanuvchilar bilan suhbatlarni ochamiz va ma’lum bir shaxs bilan kerakli muloqotni topamiz. Yozishmalardan ko‘rinib turibdiki, aloqa uzilgan - foydalanuvchidan boshqa xabarlar kelmayapti.


Foydalanuvchiga "Ommabiy xabar kutilmoqda" kabi mos tegni qo‘shamiz:

Muhim! Teg noyob bo‘lishi kerak, noto‘g‘ri mijozlarga tasodifan xabar yubormaslik uchun bunday holatlar uchun yangi teg yaratgan ma’qul.

Teg foydalanuvchiga qo‘shiladi va u bilan muloqot qilganda hisobga olinadi. Rejalaringiz va avtomatlashtirish jarayonlariga mos keladigan istalgan tegni kiritishingiz mumkin.

Berilgan teg quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:


Xabarlarni avtomatik yuborishni qanday sozlash mumkin

Avtomatlashtirishga o‘tamiz va foydalanuvchini qaytarishimiz kerak bo‘lgan sxemani ochamiz.

So‘ngra:

  • yangi shart qo‘shamiz

  • "belgilangan teglar" shartini belgilaymiz;

  • foydalanuvchilarni yuqorida berilgan "ommaviy xabarni kutmoqda" tegiga mosligini tekshiramiz

  • va uni "boshlash" tugmasi yordamida avtomatlashtirish uchun boshlang‘ich nuqta qilib belgilaymiz;

  • agar foydalanuvchida teg mavjud bo‘lsa, "teglarni o‘chirish" amalini qo‘shamiz va tegni tanlaymiz;

  • foydalanuvchini zanjirning kerakli qismiga yo‘naltiramiz.


Bu sxema qanday ishlaydi

Agar foydalanuvchida teg mavjud bo‘lsa, u o‘chiriladi va darhol zanjirning kerakli qismiga o‘tkaziladi, xabar yoki harakat qayta yuboriladi

Agar foydalanuvchida bu teg bo‘lmasa - u shartga mos kelmaydi va birinchi xabardan boshlab standart yo‘ldan boradi.

Nima uchun tegni olib tashlash kerak. Bu foydalanuvchini aniq bir joydan sxemaga qayta kiritish uchun zarur. Tegni o‘chirish amalini voronkaning istalgan qismiga bog‘lash mumkin. Kelajakda tegsiz foydalanuvchi, agar kerak bo‘lsa, avtomatlashtirishni boshidan ishga tushirishi mumkin.

Ommaviy xabarlar qanday yaratiladi

"Ommaviy xabarlar" bo‘limini ochib, "Yaratish" tugmasi orqali yangi ommaviy xabar yaratamiz:


Ommaviy xabarlar uchun nom tanlaymiz — buni faqat siz ko‘rasiz, shuning uchun ommaviy xabarni shunday nomlangki, uning mazmunini unutmang va chalkashmang.


Shuningdek, avtomatlashtirish ishga tushiriladigan hisobni tanlaymiz. Hamma narsa tayyor bo‘lgach, "Yaratish" tugmasini bosamiz.

So‘ngra ommaviy xabarni yaratamiz:

  • yangi harakatni qo‘shib, uni zanjirning boshiga joylaymiz;

  • "avtomatlashtirishni ishga tushirish" amalini tanlaymiz;

  • ro‘yxatdan kerakli avtomatlashtirish turini tanlaymiz.



Ommaviy xabarlar sozlamalari bilan qanday ishlash

Hamma narsa tayyor bo‘lgach, ekranning o‘ng tomonidagi menyudan ommaviy xabar sozlamalarini ochamiz.

Keyin:

  • "Belgilangan teglar mavjud" slayderni faol holatga o‘tkazamiz;

  • ma’lum bir tegni belgilaymiz, masalan, "ommaviy xabar kutilmoqda".

Quyida nechta odam kerakli tegga ega ekanligi va ommaviy xabar olishi ko‘rsatiladi:


Bu yerda xabarlar barcha tegli foydalanuvchilarga yuboriladigan o‘rtacha vaqt ham ko‘rsatilgan.

Quyida ommaviy xabarni qachon yuborish kerakligini tanlash qoldi:

  • hozir - jo‘natish darhol boshlanadi;

  • belgilangan sanada - xabarlar siz tanlagan sana va vaqtda yuboriladi.


Masalan, agar siz ishga tushirishni yoki aksincha, chegirmali savdoni rejalashtirgan bo‘lsangiz, muayyan tegga ega foydalanuvchilarga ma’lum bir vaqt va sanada xabar yuborishingiz maqsadga muvofiq.
Hamma narsa tayyor bo‘lgach, "Ommaviy xabar yuborish" tugmasini bosing.

Ommaviy xabarlar sahifasida quyidagi ma’lumotlarni ko‘rishingiz mumkin:

  • status - yuborilmoqda, yuborildi yoki bloklandi;

  • akkaunt - xabarlar qaysi hisob yoki chat-bot nomidan yuborilganligi;

  • sana - xabarlar qachon yuborilganligi;

  • yetkazildi - nechta odam xabarni qabul qilganligi

Shunday qilib, oddiy ommaviy xabarlarni yuborish orqali mijozlar uchun turli xil avtomatlashtirish jarayonlarini ishga tushirishingiz mumkin.

Ommaviy xabarlarda odamlarni teglar bo‘yicha qanday saralash mumkin

Yangi ommaviy xabar yaratamiz va unga siz adashmaydigan mos nom beramiz:


So‘ngra hisobni tanlaymiz va "Yaratish" tugmasini bosamiz.


Ommaviy xabarda nima qilamiz:

  • Yangi shart yaratamiz va unda kerakli teglarni tekshirishni belgilaymiz, masalan, "ma’lumotlarni qoldirmagan" tegi, agar hali ma’lumotlarini qoldirmaganlarga ommaviy xabar yubormoqchi bo‘lsak;

  • uni boshlang‘ich qilib belgilaymiz;

belgilangan tegga ega bo‘lmaganlar uchun yangi xabar qo‘shamiz, masalan, biror maxsus taklif.


Bu quyidagicha ko‘rinadi:



Xabar faqat shartga mos kelmaydigan va tegga ega bo‘lmaganlarga yuboriladi.

Diqqat qiling. Ommaviy xabarlarda ko‘plab harakatlardan yoki ma’lumotlar to‘plashdan iborat uzoq avtomatlashtirishni yaratish shart emas. Bunday ommaviy xabarda foydalanuvchilarning munosabatini yomonlashtirishi mumkin

Agar sizga turli harakatlar, shartlar va xabarlardan iborat katta avtomatlashtirish kerak bo‘lsa, bunday avtomatlashtirishni alohida yaratib, odamlarni yangi ssenariyga yo‘naltirganingiz ma’qul.











Did this answer your question?