Skip to main content

"Mijozlar" bo‘limi

i
Written by interpreter
Updated over 2 weeks ago

Ushbu bo‘limda barcha mijozlaringiz jamlangan:

Agar sizda bir nechta hisob ulangan bo‘lsa, saralash uchun kerakli kanalini, Instagram yoki Telegramni tanlashingiz mumkin.

Qulay filtrlash - ism bo‘yicha mijozlarni qidirish, akkauntlar va teglarni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lib, bu orqali ushbu mezonlarga mos keladigan mijozlar ro‘yxatini olishingiz mumkin:


Mijozlarni suhbat sanasi/yangilanishi yoki ismlari bo‘yicha saralash imkoniyati mavjud:

Har bir mijozning o‘ng tomonida suhbat oynasining holati ko‘rsatilgan.

Agar suhbat oynasi ochiq bo‘lsa - mijoz yashil "✅" holatiga ega bo‘ladi, kursorni ushbu belgiga yo‘naltirsangiz - suhbat oynasi yopilishiga qadar qolgan vaqtni ko‘rasiz.

Agar Instagram suhbat oynasi yopiq bo‘lsa yoki mijoz Telegram-botni bloklagan bo‘lsa - mijozning holati qizil "❌" bilan belgilanadi.


Agar mijozga bossangiz, uning kartochkasi ochiladi:

Kartochkada muayyan mijozning "mijoz ma’lumotlarini to‘plash" harakati orqali qoldirgan barcha ma’lumotlari jamlangan. Kartochkada muloqot oynasining holatini tekshirish, teglarni o‘chirish yoki qo‘shish, zarur bo‘lsa, mijozni o‘chirib tashlash mumkin.


Bundan tashqari, mijoz kartochkasida ushbu foydalanuvchiga belgilangan barcha o‘zgaruvchilarning qiymatlari aks ettiriladi.

Ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida mijozdan istalgan ma’lumot yoki parametrlarni so‘rab aniqlashtirish, ularni turli o‘zgaruvchilarga saqlash imkoniyati mavjud. Har qanday o‘zgaruvchining qiymatlari darhol mijoz kartochkasida ko‘rinadi.

Did this answer your question?