Skip to main content

Mijozlar bo'yicha analitika

i
Written by interpreter
Updated over 3 weeks ago

Mijozlar bo'yicha analitika har bir aniq avtomatlashtirishning mijozlarini baholash imkonini beradi. Bu orqali siz turli avtomatlashtirishlardagi turli xil trafik manbalarni taqqoslashingiz, maqsadli auditoriyangizni jalb etuvchi eng samarali yechimlarni aniqlashingiz va akkauntingizga "botlar"ni olib keladigan manbalarni istisno qilishingiz mumkin.

Mijozlar bo'yicha analitika Avtomatlashtirish bo‘limida mavjud.


  • Avtomatlashtirishni tanlang

  • Avtomatlashtirish kartochkasining yuqori o‘ng burchagidagi uch nuqta (...) tugmasini bosing

  • Ochilgan oynada "Mijozlar" bandini tanlang

Shunda ushbu avtomatlashtirish mijozlari ro‘yxati ochiladi:

Barcha mijozlar avtomatlashtirishni ishga tushirish sanasi va vaqti bo‘yicha yangidan eskiga qarab saralangan.

Avatar, ism va foydalanuvchi nomining ko‘rsatilishi dastlabki analitika o‘tkazish imkonini beradi. Bu ma’lumotlar haqiqiy odamlarni botlardan ajratish, mijozlar eng faol bo‘lgan vaqtni aniqlash imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida keyingi avtomatlashtirish ishga tushirilishini va kontent e’lon qilinishini rejalashtirishda foydalanilishi mumkin.

Shuningdek, har bir mijozning @username’iga bosilganda, uning profiliga tezkor o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu zarur hollarda har bir mijoz bilan alohida batafsil tanishish imkonini beradi.

Did this answer your question?