Skip to main content

Avtomatlashtirish ishlamayapti. Asosiy sabablari.

Avtomatlashtirish nima uchun ishlamayapti.

i
Written by interpreter
Updated over 2 weeks ago

Agar siz avtomatlashtirishni yig‘ib, uni ishga tushirgan bo‘lsangiz-u, ammo u ishlamayotgan bo‘lsa, buning bir nechta sabablari bor:

  1. Avtomatlashtirish yoqilmagan.



2. Obuna to‘lanmagan yoki sinov muddati tugagan.

Buni shaxsiy kabinetdagi Obuna bo‘limida tekshirishingiz mumkin.

3. Trigger noto‘g‘ri sozlangan.

Agar bir nechta kalit so‘zlar yoki iboralar ishlatilayotgan bo‘lsa, har bir alohida triggerdan so‘ng "Enter" tugmasini bosish lozim. Triggerda ortiqcha hech narsa bo‘lmasligi kerak. Keraksiz belgilar va bo‘shliqlarni olib tashlang.

4. Instagram biznes-akkauntiga to‘liq sozlanmagan yoki qandaydir o‘zgartirishlar kiritilgan va Facebook integratsiya bilan aloqani uzgan.

Agar tarif faol bo‘lsa-yu, ammo trigger bo‘yicha ishga tushish bo‘lmasa, akkauntning ishlashini tekshirishni tavsiya etamiz.

Buning uchun yangi bot yaratish kerak:


Nom o‘ylab toping va akkauntni ulang:

Unda hech narsani o‘zgartirmang, faqat triggerni o‘rnating:

Ishga tushirish:

So‘ngra, boshqa akkauntdan Direkt orqali bu trigger so‘zni yozing. Ilgari bu akkaunt bilan suhbat bo‘lganligiga va u so‘rovlarga tushmaganligiga ishonch hosil qiling.

Sinovda "First message" degan javob kelishi kerak.

Agar u bo‘lmasa, akkaunt sozlamalarini tekshirish zarur, batafsil ma’lumot ushbu maqolada berilgan.

5. Bot ishga tushadi va a’lo darajada ishlaydi, ammo ba’zi foydalanuvchilarda bot triggerga javob bermaydi.

  • Bunga storislarda akkauntni belgilashni trigger sifatida ishlatganda duch kelish mumkin. Bunday triggerli bot Instagram akkaunti ochiq bo‘lgan barcha foydalanuvchilarda ishga tushadi, biroq foydalanuvchining akkaunti yopiq bo‘lsa, maxfiylik sozlamalari tufayli Instagram bunday storis haqida ma’lumot bermaydi. Natijada, bot trigger harakati amalga oshirilganligi haqida ma’lumot olmaydi va ishga tushmaydi.

    *agar siz akkauntingizni storisga qo‘yganlik uchun ball beradigan o‘yin o‘tkazayotgan bo‘lsangiz, foydalanuvchi hech bo‘lmaganda o‘yin davomida o‘z akkauntini ochishi uchun buni o‘yin qoidalarida ko‘rsating.

  • Foydalanuvchi "so‘rovlar" papkasiga tushib qoldi.

Agar foydalanuvchi bilan ilgari hech qanday muloqot bo‘lmagan va u akkauntingizga obuna bo‘lmagan bo‘lsa, u so‘rovlar ro‘yxatiga tushishi mumkin. Bunday holda, bot uning xabarlarini qabul qilmaydi va hatto triggerni aniqlasa ham javob bera olmaydi.

Instagram algoritmlari akkauntingizni ortiqcha spamdan himoya qilishga harakat qiladi va siz bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan foydalanuvchilarni so‘rovlarga yo‘naltirishi mumkin. Akkauntingiz bilan qanchalik ko‘p odam o‘zaro aloqada bo‘lsa, algoritmlar shunchalik tez moslashadi va tasodifiy foydalanuvchilarning so‘rovlarga tushishi butunlay yo‘qolmasa-da, minimal darajaga keladi.

Faqat akkaunt egasi muloqotni tasdiqlagandan so‘nggina bot ushbu foydalanuvchining yangi xabarlarini ko‘ra oladi. Agar foydalanuvchi muloqot tasdiqlangandan keyin yana trigger so‘zini yozsa, bot ishga tushadi.

Did this answer your question?