Skip to main content

Telegram'da xabarnomalarni qanday ulash mumkin

Avtomatlashtirish tizimlaridan xabarlar olish uchun Telegram botini ulash

Ш
Written by Шах Тураев
Updated yesterday

Telegram'dagi bildirishnomalar (xabarnomalar) nima?

Telegram'dagi xabarnomalar — bu muhim ma'lumotlarni tezda olish va kerakli paytda mijozlar bilan suhbatlarga ulanish imkonini beruvchi vositadir.

Siz bildirishnomalarni turli maqsadlarda ishlatishingiz mumkin, masalan: ma’lumotlar yig‘ish, buyurtmalarni kuzatish, agar bot javob bera olmasa, suhbatga ulanish yoki zanjirning muhim bosqichlarini qayd etish. Bildirishnomalarni o‘zgaruvchilar bilan birlashtirib, barcha zarur ma’lumotlarni bitta xabarda to‘plang va suhbatlarni samarali boshqarib, vaqtingiznini tejang.

Bildirishnomalar qanday ishlaydi?

Foydalanuvchi Telegram'dagi xabarnoma harakatiga kelganida — maxsus Telegram bot sizga mijoz haqidagi tanlangan ma’lumot bilan xabar yuboradi.

Muhim! Hozirgi kunda xabarnomalarni faqat aniq Telegram akkauntiga ulash mumkin. Telegram guruhga bildirishnoma ulash mumkin emas, bot guruhga xabar yubora olmaydi.




Xabarnomalarni (bildirishnomalarni) qanday ulash mumkin?

Telegram'da xabarnomalarni ulash uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak:

• O‘z loyihangizning sozlamalarini oching va Integratsiyalar bo‘limiga o‘ting.

• Integratsiyalar ro‘yxatidan Xabarnomalarni tanlang.

• Telegram'da havolaga o‘tish yoki bildirishnomalar bilan ishlaydigan operatorga havolani yuborish:

• Bizning maxsus bot'imizni Telegram’da ishga tushurish

Tayyor! Siz bildirishnomalarni uladingiz. Endi ularni avtomatlashtirishlarda sozlash mumkin.

Avtomatlashtirish konstruktorida bildirishnomalarni qanday sozlash mumkin


Bir nechta bildirishnoma qabul qiluvchilarini qanday ulash mumkin

Diqqat! 1 loyiha ishtirokchisi = 1 bildirishnoma qabul qiluvchi. Agar siz loyiha egasi bo‘lsangiz va loyiha boshqa ishtirokchilarni o‘z ichiga olmasa — faqat 1 Telegram akkauntiga bildirishnomalarni ulashingiz mumkin.

Qo‘shimcha bildirishnoma qabul qiluvchisini ulash uchun — siz yangi ishtirokchini loyihaga administrator (Admin) sifatida qo‘shishingiz kerak.

Xodimni loyihaga qanday qo‘shish mumkin

Agar xodim sizning loyihangizni boshqarishini xohlamasangiz va faqat bildirishnomalarni olishni xohlasangiz — u bildirishnomalarni ulagandan so‘ng, uning kirish huquqini Operatorga o‘zgartiring.

Xodimni jamoa tarkibiga qo‘shgandan so‘ng — u yuqorida ta’riflanganidek, bildirishnomalarni o‘zi ulashi kerak. Buning uchun:

• Sizning loyihangizga o‘tishi kerak

• Loyiha sozlamalarida Integratsiyalar bo‘limini topishi kerak

• Telegram'dagi havolaga o‘tib, bizning bot'ni ishga tushurishi kerak.

Tayyor! Loyiha ishtirokchisi bildirishnomalarni ulab bo‘lgach, siz uni bildirishnoma sozlamalarida qabul qiluvchi sifatida tanlashingiz mumkin:

Agar siz bir nechta loyihaga xodim sifatida qo‘shilgan bo‘lsa, har bir loyiha uchun o‘z bildirishnomangizni qayta ulashingiz kerak, buni har bir loyiha sozlamalaridagi integratsiya bo‘limidan havolaga o‘tkazish orqali amalga oshirasiz.



Bildirishnomalarni olish uchun akkauntni qanday o‘zgartirish mumkin

Bir Telegram akkauntini bildirishnomalardan o‘chirish va boshqa akkauntni ulash uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:

• Loyiha sozlamalarini oching

Integratsiyalar bo‘limiga o‘ting

• Faol bo‘lgan Xabarnomalar integratsiyasini toping va ustiga bosing

• Integratsiya sozlamalarida O‘chirish tugmasini bosing

• Shundan so‘ng, bildirishnomalarni ulash uchun yana bir havola paydo bo‘ladi. Ushbu havolani yangi operatorga yuboring, u bizning bot'ni ishga tushiradi va bildirishnomalarni o‘ziga ulaydi.


Foydali bo‘lishi mumkin:

Did this answer your question?