Loyiha sozlamalari
"Sozlamalar" bo‘limi loyihaning asosiy parametrlari, mijozlar, integratsiyalar va jamoa a’zolarini boshqarish uchun mo‘ljallangan. Bu yerda siz loyiha nomini o‘zgartira olasiz, mijozlar bazasini boshqarasiz, integratsiyalarni sozlaysiz va jamoaga xodimlarni qo‘shasiz.
Umumiy
Ushbu kichik bo‘lim loyiha nomini o‘zgartirish imkonini beradi.
Odatda, loyiha nomi ChatPlace akkautingiz ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektron pochta manziliga asoslanadi. Ammo, siz istalgan boshqa nomni ko‘rsatishingiz mumkin.
Loyiha nomini o‘zgartirish tartibi:
"Umumiy" bo‘limiga o‘ting
Bo'sh maydonga yangi nomni yozing.
"Yangilash" tugmasini bosing.
Mijozlar
Ushbu bo‘lim loyihangizning mijozlar bazasini boshqarish imkonini beradi. Bu yerda ikkita asosiy vosita mavjud:
Mijozlarni eksport qilish - mijozlar bazasini kerakli akkauntlar va eksport parametrlarini tanlash imkoniyati bilan .csv formatidagi faylga yuklash.
Mijozlarni eksport qilish haqida batafsil ma’lumot
Mijozlarni ommaviy o‘chirish - Instagram akkaunti yoki Telegram botidagi mijozlarni o‘chirishdir. Barcha mijozlarni bir vaqtning o‘zida yoki faqat botdan obunani bekor qilganlarni o‘chirish mumkin.
Mijozlarni o‘chirish haqida batafsil ma’lumot
Integratsiyalar
Ushbu bo‘limda turli servislar bilan integratsiyalarni boshqarish mumkin.
Ushbu bo‘limda quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
Integratsiyalarni ulash, yangilash yoki o‘chirish.
CRM-servislarini ulash.
Telegramda xabarnomalarni sozlash.
Jamoa a’zolari
Bu yerda xodimlarni loyihaga qo‘shish va ularga vazifalarni belgilash mumkin.
Xodimni qo‘shish tartibi:
Xodimning ChatPlace’da akkaunt ochganini tekshiring.
Tegishli maydonga xodimning elektron pochta manzilini kiriting.
Uning vazifasini tanlang (administrator yoki operator).
Qo‘shishni tasdiqlang.
Jamoa a’zolarini qo‘shish haqida batafsil ma’lumot
Akkauntlar
Shuningdek, loyiha sozlamalarida barcha kichik bo‘limlardan so‘ng ushbu loyihaga ulangan akkautlar ro‘yxati mavjud.
"+" tugmasini bossangiz, yangi akkaunt qo‘shishingiz mumkin.
Instagram-akkauntga bossangiz, aloqa uzilgan holda ish jarayonini tiklash uchun ruxsatlarni yangilashingiz mumkin.
Agar bu Telegram-bot bo‘lsa, tokenni yangilash mumkin.
Istalgan akkauntni "O‘chirish" tugmasini bosib o‘chirishingiz mumkin. Buning uchun maydonga "o‘chirish" so‘zini kiritishingiz kerak - bu tasodifiy o‘chirishdan himoya vazifasini bajaradi. Oxirida o‘chirishni tasdiqlashingiz lozim.
Muhim! Akkauntni loyihadan o‘chirganda, ushbu akkaunt uchun sozlangan barcha avtomatlashtirish, mijozlar va o‘sish vositalari butunlay yo‘q qilinadi.