Skip to main content

Ma’lumotlarni yig‘ish

mijoz ma’lumotlarini yig'ish uchun shablon

i
Written by interpreter
Updated this week

Shablonning maqsadi

Ushbu shablon mijozdan keyingi harakatlar uchun aloqa ma’lumotlarini (ismi, telefon raqami va hokazo) to‘plashga mo‘ljallangan: konsultatsiyaga yozilish, tadbirga ro‘yxatdan o‘tish, ariza topshirish va boshqalar.

To‘plangan ma’lumotlar o‘zgaruvchilarga saqlanadi va operatorga, CRM tizimiga uzatilishi yoki boshqa avtomatlashtirish ssenariylarida qo‘llanilishi mumkin.


Shablon qo‘shish tartibi:

  • Avtomatlashtirish bo‘limini oching

  • "Ma’lumotlarni yig‘ish" shablonini tanlang

  • Avtomatlashtirish sozlanadigan hisobni tanlang

  • "Shablon qo‘shish" tugmasini bosing.


Shablon qanday ishlaydi

  1. Birinchi xabarda bot mijozni kutib oladi va o‘zini tanishtirishni so‘raydi.|

  2. "Mijoz ma’lumotlarini yig'ish" harakati yordamida bot mijozning ismini so‘raydi va uni {{ name }}. o‘zgaruvchisiga saqlaydi.

  • So‘rov turi: matn

  • Saqlash uchun o‘zgaruvchi: {{ name }}

📝 Bu o‘zgaruvchi keyinchalik mijozga ismi bilan murojaat qilish uchun ishlatiladi. Shunga o‘xshab, mijozning turli javoblarini turli o‘zgaruvchilarga saqlashingiz mumkin.

3. Agar matnda {{ name }} o‘zgaruvchisidan foydalansangiz, bot mijozga ismi bilan murojaat qiladi.


Ssenariyning keyingi qadami - bot mijozdan telefon raqamini so‘rashi kerak:


4. Raqamni saqlash uchun quyidagi harakat foydalaniladi: mijoz ma’lumotlarini to‘g‘riligini tekshirgan holda yig'ish.

Telefon raqami odatda {{ phone }} o‘zgaruvchisiga saqlanadi. Buni "Javobni CRM'ga saqlash" parametri ko‘rsatadi, shuning uchun qo‘shimcha hech narsani sozlash shart emas.

​Harakat sozlamalari:

  • So‘rov turi: Telefon raqam

  • To‘g‘rilikni tekshirish funksiyasi yoqilgan, unda xatolik haqida xabar ko‘rsatiladi (agar mijoz noto‘g‘ri raqam kiritsa).

  • Javobni kutish vaqti belgilangan

💡 Agar mijoz belgilangan vaqt ichida javob bermasa, avtomatlashtirish yakunlanadi va u jarayonni qaytadan boshlashi kerak bo‘ladi.

5. Ma’lumotlarni tekshirish: mijozga uning ismi va raqami ko‘rsatilgan xabar yuboriladi, shunda mijoz xatolarni tuzatishi yoki ma’lumotlarni tasdiqlashi va keyingi bosqichga o‘tishi mumkin

  • ​Matn namunasi:

​Iltimos, ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshiring: Ism: {{ name }} Telefon: {{ phone }}

  • Ko‘p marta ishlatiladigan tugmalar: ✅ To‘g‘ri | 🔁 Noto‘g‘ri, mijoz xatolarni cheksiz marta tuzatishi uchun.

6. Harakat variantlari:

  • Agar mijoz "Noto‘g‘ri" tugmasini bossa, u ismni kiritishga qaytadi - bot mijozdan qaytadan o‘zini tanishtirishi va raqamini qoldirishini so‘raydi:

  • Agar "To‘g‘ri" tugmasi bosilsa, bot ma’lumotlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi yakuniy xabarni yuboradi.

Shu bilan standart shablon tugaydi, triggerni sozlash va avtomatlashtirish imkoniyati mavjud. Ammo yaxshilanishlarni ham qo‘shish mumkin, ularning ba’zilarini quyida ko‘rib chiqamiz


✅ Yaxshilash imkoniyatlari

Bu qadamlar majburiy emas, lekin avtomatlashtirish jarayonini yaxshilashga va operatorlar ishini osonlashtirishga yordam beradi.

🔹 Qo‘shimcha ma’lumotlarni yig'ish

Masalan, elektron pochta manzili yoki boshqa har qanday savollar.

Mijoz ma’lumotlarini yig'ish harakatidan foydalaning va javoblarni alohida o‘zgaruvchilarga saqlang:

{{ email }}, {{ savol_1 }}, va hokazo.

🔹 Telegramda xabarnoma

Oxirida "Telegram'da xabarnoma" harakatini qo‘shing va unga barcha o‘zgaruvchilarni yuboring:

Konsultatsiyaga yozilish

Mijoz: @{{ username }}

Ism: {{ name }}

Raqam: {{ phone }}

Muloqot havolasi: {{ chatLink }}


Telegramda xabarnomalar haqida batafsil ma’lumot

📝 Bu xabarni operator qabul qiladi va darhol mijoz bilan bog‘lana oladi.

🔹 CRM'ga ma’lumotlarni uzatish

CRM bilan integratsiyani sozlang va jarayonda to‘plangan o‘zgaruvchilarni yuboring

🔹 Teg qo‘shish

Mijozlarni taqsimlash uchun avtomatlashtirishning oxiriga "Teg qo‘shish" harakatini kiriting.

Masalan: ma’lumot qoldirdi.

Triggerning sozlanishi

Avtomatlashtirish tahrirlangandan so‘ng - ishga tushirish uchun kalit so‘z triggerini o‘rnatish lozim.

Trigger konstruktorning yuqori o‘ng burchagida joylashgan:


Avtomatlashtirish Instagram va Telegram uchun mos keladi, har qanday narsa trigger bo‘lishi mumkin.


Foydali ma’lumot:

Did this answer your question?